Naurizova Aysultan Kalbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq tilidagi etiket so‘zlar», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.RhD/G‘il331.
Ilmiy rahbar: Qudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Zaribbay Dusimov filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Bibisanem Turdibaevna filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi qoraqalpoq tiliga xos bo‘lgan etiket so‘zlarning lisoniy xususiyatlarini ochib berish, turkiy tillardagi etiket so‘zlarga qiyoslash, etiket so‘zlarning funksiyasi va ularning o‘zaro aloqalari, leksik-semantik va uslubiy jihatdan guruhlashtirish bilan etiket so‘zlarning etnomadaniy xususiyatlarini ilmiy asosda isbotlab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi qoraqalpoq tilidagi etiket so‘zlarning qo‘llanilish sohalari va ularning bog‘liqligi aniqlangan;
etiket so‘zlarning leksik-semantik xususiyatlari, eksplisit va implisit ma’nolarda qo‘llanilishi isbotlangan;
etiket so‘z birliklarining uslubiy sifati, ularning birtarafli va betaraf turlari, rasmiy va norasmiy, yuqori va quyi ma’no sifatlari, yozma adabiy va og‘zaki nutqga xos belgilari yangicha va maxsus tahlil qilingan;
etiket so‘zlar mavzuviy guruhlarga ajratilib tizimlashtirilgan, etiket so‘zlarning implisit bo‘lmagan turlari qiyoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq tilidagi etiket so‘zlarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq tilidagi etiket so‘zlarning leksik-semantik tarkibi, qo‘llanilishi va foydalanilishi sohalari bo‘yicha etimologik tahlillarga bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda FA-F1-G003-son «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalish» mavzusidagi loyihani amalga oshirishda, jumladan qoraqalpoq folkloridagi etiket so‘zlarning funksional xizmati, so‘zlarning shakllanish, rivojlanish, tildagi mavjudlik evolyusiyasini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 18 iyundagi 17.01/83-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy-tadqiqot natijalarining joriy qilinishi natijasida qoraqalpoq tili etiket so‘zlarining adabiy tilga xos nutqda, rasmiy va yozma uslublarda mantiqiy foydalanilishi ta’minlangan.
Qoraqalpoq tilidagi etiket so‘zlarning ma’naviy xususiyatlari, jumladan ularning foydalanish sohalari bo‘yicha funksiyalari, xalqning milliy qadriyatlari, lingvomadaniy ongi masalalarini aks ettirishga bog‘liq materiallar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Gәo‘har sөzler» ko‘rsatuvida va «Qayirli taң», «Miyras», «Jaslar ushin» radioeshittirishlari orqali keng jamoatchilikka tavsiya qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2019 yil martdagi 01-02/113-son ma’lumotnomasi). Natijada etiket so‘zlarning ijtimoiy sifatiga bog‘liq ma’lumotlar va materiallar orqali ko‘rsatuvlar va eshittirishlarning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati va mazmunining chuqurlashishiga erishilgan.
Etiket so‘zlarning tarixi, etimologiyasi va tilimizga kirib kelishiga bog‘liq xulosalardan Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi Berdaq milliy muzeyida shoir ijodiyotida aks ettirilgan etiket so‘zlarning badiiy-uslubiy tahlili bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar berishda samarali foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 2-03/696-son ma’lumotnomasi). Natijada mashhur mumtoz shoir Berdaq asarlarida, badiiy matnda etiket so‘zlarning badiiylashtirish vazifalari va ularning aks ettirilishida milliy xalq tilining ahamiyati, ilmiy salmog‘i haqida keng turda ma’lumotlar berishga erishilgan.