Al`niyazov Aytmurat Ismailovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Hozirgi qoraqalpoq tilida bog‘langan qo‘shma gaplarning funksional-semantik tahlili», 10.00.03–Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Fil26.
Ilmiy maslahatchi: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich  – filologiya fanlari doktori, professor; Qudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich – filologiya fanlari doktori, professor; Soegov Muratgeldi – filologiya fanlari doktori, professor, Turkmaniston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi. 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi qoraqalpoq tilida bog‘langan qo‘shma gaplarning funksional-semantik xususiyatlarini aynanlik va farqlilik konsepsiyasi yo‘nalishida tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tilidagi bog‘langan qo‘shma gaplarning funksional-semantik xususiyatlariga oid yangi tadqiqot materiallari ilk bor ilmiy muomalaga kiritilgan;
qoraqalpoq tilida bog‘langan qo‘shma gaplar tizimining nazariy asoslari tilshunoslikda shakllangan aynanlik va farqlilik konsepsiyasi negizida ochib berilgan;
hozirgi qoraqalpoq tilida biriktiruv, zidlash, qiyoslash ma’noli bog‘langan qo‘shma gaplarning funksional-semantik xususiyatlari va turlarining tasnifi oydinlashtirilgan;   
qoraqalpoq tilida -p konverbining bog‘langan qo‘shma gaplarda teng bog‘lovchi funksiyasidagi morfologik ko‘rsatkich ekanligi dalillangan;
qoraqalpoq tilida ilgari o‘rganilmagan ayrim bog‘lovchilarning (da...da, dag‘i, bolsa, bolmasa, tek) qo‘llanilish xususiyatlari ochib berilgan;
bog‘langan qo‘shma gaplardagi aynanlik va farqlilik semantikasining ierarxik tizimi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpoq tilidagi bog‘langan qo‘shma gaplar tizimini tadqiq qilish asosida:
bog‘langan qo‘shma gaplarning semantik turlarini aniqlash, qoraqalpoq tilida bog‘lovchilarning xususiyatlarini ochib berishga doir nazariy xulosalardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G006 «Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari qo‘lyozma nusxalarini tekstologik tahlil qilish va nashrga tayyorlash» (2015-2017) amaliy loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 15 iyun`dagi 17.01/60 son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari matnidagi qo‘shma gaplar va bog‘lovchilarning ma’nolarini o‘rganishda muhim asos bo‘lgan;
qoraqalpoq tilida qo‘shma gaplar tizimiga oid ma’lumotlar, xususan, bog‘langan qo‘shma gaplar va uning turlarini o‘rganish, bog‘lovchi vositalarning gapdagi maqomi va funksiyalari, -p konverbining xususiyatlariga bog‘liq xulosalardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 15 iyun`dagi 17.01/61 sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilida lisoniy birliklarni funksional-semantik aspektda yangicha tadqiq qilishga manba sifatida asos bo‘lgan;
bog‘langan qo‘shma gaplarning funksional-semantik xususiyatlarini, konverblarning qo‘shma gaplardagi funksiyalarini aniqlashda dissertatsiya natijalari va xulosalari muhim nazariy-amaliy manba sifatida e’tiborga olinib, ular Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi tilshunoslik institutida «Hozirgi ozarbayjon tilida bog‘langan qo‘shma gaplarning qunksional-kommunikativ xususiyatlari» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan. (Ozarbayjon MFA tilshunoslik institutining ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada aks ettirilgan nazariy va amaliy xulosalar mazkur institutda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga joriy etilgan;
tildagi teng bog‘lovchilarni tasniflash, qoraqalpoq tilida konverblarning sintaktik funksiyalarini aniqlashga oid ma’lumotlardan  O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A8-004 «Qoraqalpoq adabiy tili tarixi va hozirgi qoraqalpoq tilida qo‘shma gaplarning tuzilish-semantik turlari» (2007-2011) mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 15 iyun`dagi 17.01/62 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar qoraqalpoq tili tarixi va hozirgi holatida qo‘shma gaplarning umumiy va xususiy jihatlarini ochib berishga, shuningdek, bog‘lovchilarning, konverblarning so‘z komponentlari orasida semantika yaratishdagi rolini aniqlashga xizmat qilgan;
nutq madaniyatida bog‘langan qo‘shma gaplarning tutgan o‘rni, yozish va so‘zlashda bog‘lovchilar anglatadigan ma’no munosabatlarini to‘g‘ri anglash salohiyatiga tegishli fikr-mulohazalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining «Gavhar so‘z» ko‘rsatuvlarini, «Tilga e’tibor – elga e’tibor» eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 15 iyundagi 01-02/122-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilikning nutq amaliyotida gaplarni va bog‘lovchilarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari boyitilishiga erishilgan;
bog‘langan qo‘shma gaplar va ulardagi bog‘lovchilarning funksiyalari bilan semantikasi bo‘yicha to‘plangan materiallar, qo‘yilgan muammolarni tadqiq qilish natijasida chiqarilgan xulosalar va umumlashtirilgan fikr-mulohazalardan umumta’lim maktablarining 10 va 11 sinflari uchun «Qoraqalpoq tili» darsliklarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 02-01/1656-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot materiallari hamda xulosalari bog‘langan qo‘shma gaplarni o‘qitish metodikasi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish