Karimdjanova Guzal Akmaldjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarda yurak va buyraklarni funksional xolati», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib860.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Dano Abdisamatovna, tibbiyot fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/29.12. 2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mamasoliev Ne’matjon Salievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surunkali yurak etishmovchiligi (SYuE) va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarda klinik belgilarini og‘irligi, buyraklarni funksional holatini o‘zgarishlari, ularning o‘zaro bog‘liqligini va antioksidant terapiyaning samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sinusli ritm saqlangan SYuE va SYuE va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarda klinik belgilarning differensiyaligi aniqlangan;
bo‘lmachalar fibrilyasiyasi negizida surunkali yurak etishmovchiligi qayt qilingan bemorlarda al`buminuriyani rivojlanish ehtimolligi bilan koptokchachalar fil`tratsiyasi tezligini pasayishi ehtimolligi orasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarda buyraklar disfunksiyasining og‘irlik darajasini koptokchalar fil`tratsiyasining tezligi ko‘rsatkichlari belgilashi asoslangan
sinusli ritm saqlangan surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga nisbatan surunkali yurak etishmovchiligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarning qon biokimyoviy ko‘rsatkichlarida yog‘larning perikisli oksidlanish mahsulotlari darajasi yuqori miqdorda saqlanishi ko‘rsatilgan;
surunkali yurak etishmovchiligi va bo‘lmachalar fibrilyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarda standart davolash sxemasiga antioksidantlarni qo‘llashning samaradorligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarda yurak va buyraklarning funksional holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Surunkali yurak etishmovchiligida buyrak disfunksiyasining tashxislash usuli» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 yanvardagi 8n-r/27-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma yurak qon-tomir va buyraklar faoliyatining salbiy xavfini kamaytirishni takomillashtirish imkonini bergan;
«Surunkali yurak etishmovchiligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarda antioksidant davolash usuli» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21 yanvardagi 8n-r/14-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma surunkali yurak etishmovchiligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarda kompleks davolashda antioksidant elufunatdan foydalanish lipidlarning perikisli oksidlanishini yaxshilash, antikosidant tizim ko‘rsatkichlarni faollashtirish orqali kasllikning klinik belgilarning barqarorlashtirish va yurak qon-tomir xamda buyrak faoliyatining asoratlari rivojlanishini kamaytirish imkonini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarda yurak va buyraklarning funksional holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy markazi va Toshkent viloyati Bekobod shahar tibbiyot birlashmasining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 8n-d/28-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali yurak etishmovchiligi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan xastalangan bemorlarda yurak va buyraklarning funksional holatini baholash samaradorligini oshirish va bemorlarning davolanish davrini 2,1 kun va yurak-tomir va buyrak asortalarining rivojlanish xavfini 32,6% kamaytirishga imkon bergan.