Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu203.
Ilmiy rahbar: Zufarov Rustam Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Xasanov Temur Xalmamatovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik va uning oldini olish muammolarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xususiy mulk huquqi hamda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzganlik, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatganlik, tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalar sanksiyalarini o‘xshash tarkibli jinoyatlar uchun belgilangan jazo miqdori va muddatlariga o‘zaro muvofiqlashtirish zarurligi asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektining ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida uning faoliyatini o‘rganish va natijasi bo‘yicha unga tegishli xulosa, ma’lumot va tavsiyalar berish, shuningdek tadbirkorlik sub’ekti bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi, yong‘in, portlash va baxtsiz hodisalar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazish tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashish hisoblanmasligi asoslangan;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulklarini qonunga xilof ravishda tasarruf qilishda ifodalangan mansabdor shaxslarning harakatlari, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 1921-moddasida nazarda tutilgan xususiy mulk huquqini buzishning alomatlarini tashkil etishi, shuningdek nazorat ishlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvi Jinoyat kodeksining tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, noqonuniy aralashish bilan bog‘liq va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga qaratilgan jinoyatlar bilan tavsiflanishi lozimligi asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga to‘sqinlik qilishda ifodalanadigan mansabdor shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish tartibini buzish, faoliyatini yoki ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish, homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (lisenziya) berishni rad qilish yoki uni berishdan bosh tortish, imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilishda namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik belgilash va uning oldini olish masalalarini tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
JKning 1921 (xususiy mulk huquqini buzish), 1922 (tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish), 1923 (tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish), 1924 (tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish) moddalari sanksiyalarini o‘xshash tarkibli jinoyatlar uchun belgilangan jazo miqdori va muddatlariga moslashtirish lozimligi to‘g‘risidagi taklif JKning 1921, 1922, 1923, 1924-moddalari sanksiyalariga o‘zgartirish kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2019 yil 30 oktyabrdagi 06-14/2206-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jinoiy jazo tayinlashda odillik prinsipiga rioya qilinishini ta’minlashga xizmat qilgan;
tadbirkorlik sub’ektining ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida uning faoliyatini o‘rganish va natijasi bo‘yicha unga tegishli xulosa, ma’lumot va tavsiyalar berish, shuningdek tadbirkorlik sub’ekti bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi, yong‘in, portlash va voqea hamda baxtsiz hodisalar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazish tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashish hisoblanmasligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2018 yil 28 fevraldagi «Ichki ishlar organlari xodimlarining xususiy biznes va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashuvni cheklash to‘g‘risida»gi 56-son buyrug‘ining 3-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 26 sentyabrdagi 33/01-02/2656-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ichki ishlar organlari xodimlarining tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda qonunga xilof ravishda aralashuvining oldini olish hamda bunday aralashuvning chegarasini belgilash va aniqlashtirishga xizmat qilgan;
«tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boshqa shaxsning, boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulklarini qonunga xilof ravishda tasarruf qilishda ifodalangan mansabdor shaxslarning harakatlari, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 1921-moddasida nazarda tutilgan xususiy mulk huquqini buzish jinoyati alomatlarini tashkil etadi», «nazorat ishlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvi Jinoyat kodeksining tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, noqonuniy aralashish bilan bog‘liq va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga qaratilgan jinoyatlar bilan tavsiflanadi» mazmunidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 11-sonli «Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida»gi qarorining 6–7-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 28 noyabrdagi PL-67-19–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi sud amaliyotida tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq qilmishlarga to‘g‘ri huquqiy baho berishga, adolatli jazo tayinlanishiga xizmat qilgan;
«tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga to‘sqinlik qilishda ifodalanadigan mansabdor shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish tartibini buzish, faoliyatini yoki ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish, homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (lisenziya) berishni rad qilish yoki uni berishdan bosh tortish, imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilishda namoyon bo‘ladi» mazmunidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 11-sonli «Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida»gi qarorining 8-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 28 noyabrdagi PL-67-19–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi sud amaliyotida tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish hamda qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq qilmishlarga to‘g‘ri huquqiy baho berishga, adolatli jazo tayinlanishiga xizmat qilgan.