Qo‘chqarova Cho‘lponoy Xabibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kommunal-maishiy oqava suvlarni biologik tozalash texnologiyasini takomillashtirish (Andijon shahri misolida)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.RhD/V344.
Ilmiy rahbar: Ismoilxodjaev Boxodirxodja Sharipxodjaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.12.2019.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiboev Qo‘ldashali Tojiboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Matjanova Xolida Kazakbaevna, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon shahar kommunal-maishiy oqova suvlarni tozalash usullarini takomillashtirish orqali yuksak suv o‘simliklari (pistiya, eyxorniya va azolla) kabi turlari ichidagi chidamli navini tanlab, oqova suvlarni biologik usul bilan tozalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon shahar kommunal-maishiy oqova suvlarni biologik tozalash usuli orqali yuksak suv o‘tlaridan foydalanish mavjudligi aniqlangan;
foydalanishga tavsiya qilingan metodik yondashuvlar asosida oqova suv muhitiga chidamli bo‘lgan suv o‘ti turi tanlab olingan;
oqova suvlarni tarkibidagi nitrat, nitrit, azot ammoniy, xidi, rangi, ishqorlilik va kislotalik muhiti, yog‘lar kabi moddalar miqdori kamayganligi aniqlangan;
ilk bor orgono-minerallarni 70–80% tozalaydigan pistiya (Pistia stratiotes L) turining xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kommunal-maishiy oqova suvlarining biologik tozalash texnologiyasini takomillashtirish (Andijon shahri misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oqova suvlarni biologik tozalash usuli Andijon viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida kommunal-maishiy va sanoat korxonalardan chiqayotgan oqova suvlarni miqdori, tarkibidagi nitrat, nitrit, azot ammoniy, kuruq qoldiq, muallaq moddalarni kamaytirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davalat qo‘mitasining 2019 yil 12 iyundagi 02-02/8-365-son ma’lumotnomasi). Natijada “Suv oqova tozalash inshoati”ning biologik hovuzlari va tindirgichlardagi oqova suvlarning biologik usulda tozalash ko‘rsatkichlari sifatlilik darajasiga erishish imkonini bergan;
oqova suvlarning tarkibini va tozalash samaradorligini alohida e’tiborga olgan holda, yuksak suv o‘tlaridan eyxorniya, pistiya, azzolla turlarining chidamligiga ko‘ra tanlab olingan pistiya Andijon viloyati “Suv oqova” DUK, Andijon shahar “Suv oqova” filiali, Andijon shahar “Suv oqova tozalash inshooti”ning biologik hovuzlarga bosqichma-bosqich ekishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davalat qo‘mitasining 2019 yil 12 iyundagi 02-02/8-365-son ma’lumotnomasi). Natijada oqova suvlarni tozalashni kapital xarajatlarini va elektr energiyasini hamda oqova suvni zararsizlantirishda qo‘llaniladigan xlor moddasini tejash imkonini bergan.