Usmanov Rasul Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yog‘-moy korxonalari nordon oqova suvlarini mahalliy chiqindilar asosida olingan reagentlar kompozisiyalari yordamida tozalash», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1394.
Ilmiy rahbar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Rovshan Ismoilovich, kimyo fanlari doktori; Erkabaev Furqat Il`yasovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sanoat chiqindilar asosida reagentlar kompozisiyalarini olish texnologiyasini yaratish va ularni nordon oqova suvlarni tozalashda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
defekat yordamida sanoat oqova suvlarni noorganik va organik qo‘shimchalardan tozalash imkoniyati eksperimental isbotlangan;
modifikatsiyalangan defekat oqova suvlarni tozalash jarayonida metall ionlari va kislota qoldiqlari anionlari miqdorini kamaytirish kinetik qonuniyatlari aniqlangan;
termik faollashtirilgan TD-650 va TD-950 asosida kompozisiyalar antibakterial qobiliyati aniqlanib, tozalashning samaralorligi zamburug‘-93%, E.coli-95% va umumiy koliformli bakteriyalar-98% tashkil etishi aniqlangan;
defekat va ko‘mir asosida modifikatsiyalab olingan donador adsorbentlar yordamida sanoat oqova suvlarni tozalash samaradorligi kislorodga bo‘lgan kimyoviy talab, kislorodga bo‘lgan biologik talab va muallaq moddalar bo‘yicha 98,0; 97,5 va 95,3% ni tashkil etishi aniqlangan;
sanoat oqova suvlarini kompleks ko‘p bosqichli tozalash uchun yuqori texnologik xususiyatlarga ega donador adsorbentlarni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat oqova suvlarini neytrallash va tozalash uchun defekat va yog‘och ko‘mirlarini foallash, qayta ishlash usullarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
termik faollashtirilgan defekat va ular asosidagi kompozisiyalar «Urganch yog‘-moy» AJda nordon oqova suvlarini neytrallashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 18 fevraldagi AA/02-256-son ma’lumotnomasi). Natijada kuchli kislotalar anionlarini yo‘qotish orqali nordon oqova suvlarni neytrallash bilan bir vaqtning o‘zida erigan yog‘ qoldiqlaridan tozalash imkonini bergan;
termik faollashtirilgan defekat va faollantirilgan ko‘mir kompozisiyalar «Urganch yog‘-moy» AJda nordon oqova suvlar tarkibidan yog‘ qoldiqlarini tozalashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 18 fevraldagi AA/02-256-son ma’lumotnomasi). Natijada adsorbentlarni kam miqdorda sarflagan holda nordon oqova suvlarni organik ifloslantiruvchilardan 98,6%ga tozalash imkonini bergan.