Savrieva Dilafruz Doutovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gliserinni tozalash va oqlash uchun mahalliy ko‘mirlar asosida faollantirilgan uglerodli adsorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1393.
Ilmiy rahbar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Isabaev Ismoil Babajonovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy Angren ko‘mirlari asosida gliserinni tozalash uchun uglerodli adsorbentlar olish va ularni qo‘llash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘mirning kul miqdorini 1,3 marta kamaytiruvchi boyitishning bo‘ktirish usuli ishlab chiqilgan;
Angren konining 2BR va 2BPK markali ko‘mirlarini 4000S haroratda da 60 minut davomida termik faollantirish orqali olinadigan uglerodli adsorbentni eng yuqori g‘ovaklikka erishish sharoiti aniqlangan;
«par-gaz» faollashtirish haroratini oshib borish orqali olinayotgan adsorbentlarning atseton bo‘yicha g‘ovakligini 39% dan 51% gacha oshish sharoiti aniqlangan;
adsorbsiya izotermalari asosida «par-gaz» faollashtirish natijasida adsorbentning meza va umumiy g‘ovaklari 2–3 barobar oshishi aniqlangan;
olingan uglerodli adsorbentlar yordamida tozalash jarayonini maqbul sharoitlari, ya’ni harorat 800S, adsorbent miqdori 0,8% va davomiyligi 30–40 minutda olib borish adsorbent sirt yuzasining gliserin tarkibidagi zararli qo‘shimchalar bilan maksimal to‘yinishi aniqlangan;
1%-li organik kislota (HNO3) bilan 5 martagacha regeneratsiya natijasida uglerodli adsorbent boshlang‘ich fizik-mexanik va adsorbsion xususiyatlarini yo‘qotmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gliserinni tozalash va oqlash uchun maxalliy xomashyolar asosida olingan uglerodli adsorbentlari olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gliserinni oqlash va tozalash uchun 2BR-PA markali ko‘mir adsorbentlari olish uchun texnik sharti «O‘zstandart» agentligi tamonidan tasdiqlangan (Ts 17088447-04:2019). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilishga imkon bergan;
Angren qo‘ng‘ir ko‘mirlari asosida gliserinni tozalash va oqlash uchun qo‘mir adsorbentlari olish texnologiyasi «Uchqo‘rg‘on yog‘» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zyog‘moysanoat» Assotsiatsiyasining 2019 yil 26 sentyabrdagi AA/01-1350-son ma’lumotnomasi). Natijada gliserinni tozalash jarayonida qo‘llaniladigan chet el ko‘mir adsorbentlarini mahalliy xomashyolar asosida olingan ko‘mir adsorbentlariga almashtirish imkonini bergan;
2BR va 2BPK markali ko‘mirlar asosida distillangan gliserinni tozalash va oqlash texnologiyasi «Urganch yog‘-moy» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zyog‘moysanoat» Assotsiatsiyasining 2019 yil 26 sentyabrdagi AA/01-1350-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilayotgan ko‘mir adsorbentlari yordamida distillyasiyalangan gliserinni 99,9% gacha tozalash imkonini bergan.