Amirxamzaev Aybek Turabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar sirrozida funksional va gepatoportal gemodinamik o‘zgarishlarni baholashda perfuzion kompyuter tomografiyasi», 14.00.19–Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib494.
Ilmiy rahbar: Babadjanov Azam Xasanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy amaliy tibbiet markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.77.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: «A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya milliy tibbiy tadqiqot markazi» Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jigar sirrozi bilan bemorlarda portal gemodinamikadagi o‘zgarishlarni va gepatotsitlarning funksional holatini baholashda perfuziyaviy kompyuter tomografiyasining ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
portal gipertenziyaning etiologik omiliga (sirroz, fibroz, jigar osti blok) bog‘liq ravishda, portal va arterial fraksiyalarning xarakterli og‘ishlarini tekshirgan holda, perfuziyaviy kompyuter tomografiyasi ma’lumotlari bo‘yicha jigar ichki qon oqimi holatining gemodinamik xususiyatlari aniqlangan;
portal gipertenziyali jadallashib boruvchi jigar ichki blokiga javoban jigar perfuziya holati va portal tizimining magistral venalar angioarxitektonikasi o‘zgarishlari orasidagi patogenetik bog‘liqliklari aniqlashtirilgan;
perfuziyaviy kompyuter tomografiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, portal gipertenziyali jigar sirrozida qoldiq gepatopetal qon oqimi darajasining splenomegaliya va v.lienalis transformatsiyasi darajasiga chiziqli bog‘liqligi mavjud emasligi isbotlangan;
portal qon oqimi uchun blokning oshib borishi bilan sirrotik jarayonning zo‘rayishi sharoitida jigar perfuziyasining arterial fraksiyasini kompensatorli qayta taqsimlashning zaxira imkoniyatlari aniqlangan;
jigar perfuziyasining portal fraksiyasini pasaytirish orqali portosistem shuntlashning dekompressiv ta’siri jigar indeksining oshishi bilan arterial oqim kompensator kuchayishini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jigar sirrozida funksional va gepatoportal gemodinamik o‘zgarishlarni baholashda perfuziya kompyuter tomografiyasining tutgan o‘rnini aniqlashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalariga asosida:
«Portal gipertenziyali jigar sirrozi bilan bemorlarda perfuziyaviy kompyuter tomografiyasini o‘tkazish bayonnomasini optimallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 martdagi 8n-d/85-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan tavsiyalar portal havza qon tomirlarining perfuziyaviy ko‘rsatkichlari va arxitektonikasi xususiyatlarini aniqlash orqali jigar sirrozi bilan bemorlarda mul`tispiral kompyuter tomografiyasini qo‘llash ko‘rsatmalarini kengaytirish imkonini bergan;
«MSKT ma’lumotlari bo‘yicha kelib chiqishi turli xil bo‘lgan portal gipertenziyasi holatida jigar perfuziyasining xususiyatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 martdagi 8n-d/86-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar portal gipertenziyaning etiologik omiliga (sirroz, fibroz, jigar osti bloki) bog‘liq holda jigar ichki qon oqimining xususiyatlarini tekshirishda perfuziyaviy kompyuter tomografiyasining diagnostik ahamiyatini oshirish imkonini bergan;
jigar sirrozi bilan bemorlarda perfuziyaviy kompyuter tomografiyasining tutgan o‘rnini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi nur tashxis bo‘limi va «Fedorovich sanatoriysi» klinikasi amaliy faoliyatlariga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 martdagi 8n-d/42-sonli ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Olingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, portal tizimining angioarxitektonikasi va gepatotsitlarning funksional holatini hisobga olgan holda portal gipertenziyali jigar sirrozidagi jigar ichki gemodinamikasining xususiyatlarini tekshirishda perfuziyaviy kompyuter tomografiyasining imkoniyatlari aniqlandi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish