Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy ong shakllarining jamoatchilik fikrini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishdagi funksional ahamiyati», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa, (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Fal37.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy maslahatchi: Mamashokirov Caidmurod, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Berdimurodova Alima Karibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor; Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamoatchilik fikrini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning tashkiliy asoslari (fan, san’at va din omili) o‘rtasidagi korrelyasion aloqadorlik dinamikasini (o‘zaro ta’sir kuchini) aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoatchilik fikri va ijtimoiy ong shakllari o‘rtasidagi funksional integratsiyalashuv xususiyati (o‘zgaruvchanlik, moslashuvchanlik) hamda korrelyasion aloqadorlik (o‘zaro bog‘liqlik) qonuniyati miqdor va sifat o‘zgarishlar kotegoriyasi vositasida takomillashtirilgan;
jamoatchilik fikrining gorizontal va vertikal (turli shakl va daraja) yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanish konturlari (milliy, umuminsoniy, ma’naviy, axloqiy  normalari) ijtimoiy ong darajalarining o‘zaro dialektik aloqadorlik kategoriyalari (sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik) kontekstida isbotlangan;
jamoatchilik fikri uzluksizligini ta’minlashda ijtimoiy ong shakllaridan foydalanish zarurligi sotsiometrik kuzatish natijasida aniqlangan;
jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi motivlar (fan, san’at, diniy an’analar) va harakatlantiruvchi mexanizmlar tizimi (ichki va tashqi ta’sir doirasida yuzaga kelgan ruhiy-emotsional kuch) vorisiylik tamoyili asosida tadqiq etilgan;  jamoatchilik fikrini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish tizimining ijtimoiy ong shakllari bilan funksional (maqsad, manfaat va harakatni) bog‘liqlik tendensiyasi (bir-birini to‘ldiruvchilik) mantiqiy asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ijtimoiy ong shakllari ta’sirida jamoatchilik fikrini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
jamoatchilik fikri va ijtimoiy ong shakllari o‘rtasidagi funksional integratsiyalashuv xususiyati hamda korrelyasion aloqadorlik qonuniyati asoslanganligiga doir konstruktiv g‘oyalari va falsafiy xulosalaridan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining «Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammo-larni hal etish borasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish konsepsiyasi»ni, «Hududda jinoyatchilikning oldini olish, ularni sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini muhokama qilishni tashkil etish to‘g‘risida»gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 24 sentyabrdagi 02-02/649-son ma’lumotnomasi). Natijada, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishda ilmiy nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
jamoatchilik fikrining gorizontal va vertikal yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanish konturlari ijtimoiy ong darajalarining o‘zaro dialektik aloqadorlik kategoriyalari kontekstida isbotlanganligiga oid ilmiy-nazariy g‘oyalari, metodologik taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning «2019 yilda diniy-ma’rifiy sohada yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi» ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2019 yil 31 oktyabrdagi 6057-son ma’lumotnomasi). Natijada, diniy-ma’rifiy jarayonlarni tahliliy o‘rganish, jamiyatda dinlararo bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, aholi o‘rtasida diniy muhitni yanada sog‘lomlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ssenariysini yaratilishida ilmiy manba sifatida xizmat qilgan;
jamoatchilik fikrini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish tizimini, strukturaviy-elementlarini takomillashtirish hamda uni ijtimoiy ong shakllari bilan funksional uyg‘unlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rivojlanishini monitoring qilish, ularning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mahalla institutini aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga aylantirishga qaratilgan faoliyatini takomil-lashtirish» bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqishda, shuningdek institut tomonidan 2019 yil 6-25 avgust va sentyabr` oylarida «Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini baholash» bo‘yicha aholi o‘rtasida sotsiologik tadqiqot o‘tkazishda hamda tahliliy ma’lumotlar tayyorlashda foydalanil-gan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yil 15 oktyabrdagi 01-830-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi motivlar va harakatlantiruv-chi mexanizmlar tizimini vorisiylik tamoyili asosida ko‘rsatuvchi falsafiy xulosalardan, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan amalga oshirilgan – «Yoshlar va qonun» nomli huquqiy tanlov konsepsiyasini hamda «Yoshlar – kelajak bunyodkori» shiori ostida «Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizim samaradorligini oshirish: muammo va istiqbollari» kompleks chora-tadbirlar dasturi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 7 oktyabrdagi 04-13/4582-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika hududida umumiy jinoyatchilik 13720 taga, jumladan, yoshlar (18-30) jinoyatchiligini 12,9%ga, voyaga etmaganlar jinoyatchiligini 16,1%ga kamaytirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy ong shakllari ta’sirida jamoatchilik fikri transformatsiyasi uzluksizligini ta’minlash vazifalari va ratsional usullariga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar konsepsiyasi» ssenariysini; «Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati» faoliyati hamda «Ma’naviyat targ‘ibotchisi» ta’lim muassasasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini; «Hududlardagi ma’naviy-ma’rifiy muhit xaritasi»ni; O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imidjini mustahkamlashga qaratilgan konsepsiya ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 3 oktyabrdagi 03/09-1331-19-son ma’lumotnomasi). Bu esa, markaz tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida jamoatchilik fikrini shakllantirish, fuqarolarning davlatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga nisbatan dunyoqarashini rivojlantirishda, ularning mafkuraviy immuniteti, intellektual salohiyatini oshirish amaliyotida ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish