Ahmedov Ijod Narziqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy g‘oya shakllanishi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlarining ijtimoiy falsafiy tahlili (O‘zbekiston misolida)», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal58.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Muxtorov Azamat Muxtorovich, falsafa fanlari doktori, professor; Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda milliy g‘oyaning shakllanish, rivojlanish va amal qilish qonuniyatlarini o‘rganishning jamiyat hayoti va istiqboli uchun muhim ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy g‘oya shakllanishi va amal qilishi qonuniyatlarining bugungi kundagi raqobatbardosh kadrlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘ziga xos xususiyatlari mantiqiy jihatdan asoslangan;
milliy g‘oyaning sistema tashkil etuvchi substansional komponentlari tizimlashtirilib, ularning sinergetik xarakterlari, jamiyatning sohalari (moddiy, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy) bilan bog‘liq qonuniyatli aloqadorliklari ochib berilgan;
milliy g‘oyaning substansional qonuniyati (jamiyat g‘oyaning substansiyasi, g‘oyaning esa ana shu substansiyaning ma’naviy in’ikosi ekanligi) ijtimoiy soxani yanada rivojlantirishining qonuniy jarayon sifatida aloqadorligi aniqlangan;
jamiyat mavjudligi va rivojlanish konsepsiyasining substansional qonunlari va ularning sinergetik hamda milliy xarakterlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi ta’limot milliy g‘oyaning ijtimoiy – falsafiy negizi ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatimiz hayotida milliy g‘oyaning shakllanishi va amal qilish qonuniyatlarini tadqiq etish asosida:
“milliy g‘oya shakllanishi va amal qilishi”, “milliy g‘oyaning qonuniyatlari” tushunchalari, ta’riflari, ularning ijtimoiy – falsafiy mohiyati, umummetodologik asoslari va o‘ziga xos xususiyatlarining ochib berilishi, mamlakatimizning rivojlanish konsepsiyasi, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash doir g‘oya va fikrlaridan A.J.Xolbekov rahbarligida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170930396 raqamli “Globallashuv sharoitida jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonidagi ma’naviy – axloqiy qadriyatlar rivojini tadqiq qilish” mavzusidagi amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2019 yil 15 martdagi 89-03-1038-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan;
milliy g‘oyaning sistema tashkil etuvchi substansional komponentlari tizimlashtirilib, ularning sinergetik xarakterlari, jamiyatning sohalari (moddiy, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy) bilan bog‘liq qonuniyatli aloqadorliklari ochib berilganligiga oid ilmiy g‘oyalari, taklif-tavsiyalaridan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Eng yuqori reytingli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi, ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy amaliy markazlari” tanlovi tadbirlar ssenariysini ishlab chiqishda hamda “Yoshlarda tibbiyot sohasiga oid milliy qadriyatlarimizga xos tamoyillarni keng targ‘ib qilish”, “Yoshlarni axdoqiy jihatdan o‘zgartirish, buzilishga olib keluvchi turli “ommaviy madaniyat” qo‘rinishlariga qarshi milliy urf-odat, qadriyatlarni targ‘ib qilish”, “Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish borasida 2018 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi” kabi dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 fevraldagi 8-9-5/245-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston fuqarolarini turli g‘oyaviy tahdidlardan himoyalashni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, kishilarni, ayniqsa yoshlarni milliy g‘oya tamoyillariga oid xususiyatlarini shakllantirish va mustahkamlashga xizmat qilgan;
milliy g‘oyaning substansional qonuniyati (jamiyat g‘oyaning substansiyasi, g‘oyaning esa ana shu substansiyaning ma’naviy in’ikosi ekanligi) ijtimoiy soxani yanada rivojlantirishining qonuniy jarayon sifatida aloqadorligiga oid ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalaridan Jizzax viloyat “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazi tomomnidan amalga oshirilayotgan “Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” mavzusidagi 46-11/50 raqamli grant loyihasining “Viloyatda aholining ijtimoiy muammolarini o‘rganish va egishli xulosalar berish borasida joylarda fuqarolar o‘rtasida sotsiologik tadqiqot o‘tkazish” deb nomlangan 8-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2019 yil 3 apreldagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy hayot, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot jarayonlarida milliy ijtimoiy g‘oyalar orqali maqsad va vazifalar to‘liq aks etishiga, shuningdek aholining, ayniqsa yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalarida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
milliy xarakter shakllanishi va takomillashuviga doir ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan PZ-20170930396 shifrli “Globallashuv sharoitida jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonidagi ma’naviy – axloqiy qadriyatlar rivojini tadqiq qilish” mavzusidagi amaliy tadqiqotlar davlat grantlari loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazining 2019 yil 20 fevraldagi 02/09-195-19-son ma’lumotnomasi). Bu esa, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.