Narziev Shovkiddin Murtozaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sportda shikastlanishlarni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, hisobga olish, tahlil etish va bashoratlashni ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish», 05.10.01 – Mehnatni muhofazasi qilish va inson faoliyati xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T965.
Ilmiy rahbar: Sulaymanov Sunnatilla Sulaymanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, PhD.15/30.12.2019.T. 73.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldosheva Ozodaxon Muxammadsodiq qizi, texnika fanlari doktori, dotsent; Shukurova Sayyora Sa’dullaevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cportda shikastlanishlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, hisobga olish, tahlil etish va bashoratlash usullari orqali sport travmatizmini kamaytirish, oqibatlarini yumshatishga oid ilmiy asoslangan tashkiliy, texnik hamda sanitar-gigienik echimlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy tarbiya va sportdagi shikastlanishlarning sabablari chuqur tahlil qilingan, sportchilar shikastlanishlarini topografik tahlili o‘tkazilgan, shikastlanishlarni sportchi tana a’zolari bo‘yicha taqsimlanishi natijalari asosida shikastlanish ehtimoli eng yuqori tana a’zolari kuch yuklanishi matematik modeli ishlab chiqilgan;
shikastlanishlar ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha anketa-so‘rovlar o‘tkazilgan, olingan natijalar asosida sportdagi shikastlanishlarning chastotasi, og‘irlik va xavfsizlik koeffisentlarini aniqlash orqali ularni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari aniqlangan;
sportdagi shikastlanishlarning tashkiliy, texnik va sanitar-gigienik sabablari aniqlangan va bashorat qilingan, ilmiy asoslangan tashkiliy, texnik va sanitar-gigienik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sportda shikastlanishlarni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, hisobga olish, tahlil etish va bashoratlash usullarini ishlab chiqish ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi va markazlarida sport turlari bo‘yicha shikastlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan tayanch harakat apparati biozvenolarining matematik modeli joriy etilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 4 yanvardagi 03-07-08-17-son dalolatnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, sportchi tizza bo‘g‘imining shikastlanish sabablarini bashorat qilish imkoniyatini bergan;
ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi va markazlarida sportchilar mushaklarning mexanik xossalarini mashg‘ulotlar jarayonida boshqarish, bosh miya chanoq suyagining tolerantligini hisobga olish, kenezioteyplash metodologiyasi joriy qilingan. (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 4 yanvardagi 03-07-08-17-son dalolatnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, sportchilarni organizm ichki rezervidan samarali foydalanish imkonini bergan;
ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi va markazlarida sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishda xavfsizlik texnikasi qoidalari sport amaliyotiga joriy etilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 4 yanvardagi 03-07-08-17-son dalolatnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, ijtimoiy samaradorlik oshishiga, sport mashg‘ulotlarida sportchining shikastlanishi sababli yo‘qotilgan kunlar soni va majburiy ijtimoiy sug‘urta badallarini kamaytirish imkonini bergan.