Navruzov Nodir Amonovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa  doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani jinlash jarayonida xomashyo valigining tuzilma tarkibini optimallashtirish asosida ish unumi va tola sifatini oshirish”, 05.06.02-“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T107.
Ilmiy rahbar: Parpiev Azimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi:  amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani yumshoq rejimda jinlash asosida tola sifatini saqlab qolish imkoniyatini beruvchi texnologiyani ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani jinlashni yangi ikki bosqichli usuli ishlab chiqilgan va asoslangan;
jin ishchi kamerasining oldi fartugida paxta oqimining harakati tezligini aniqlash tenglamalari ishlab chiqilgan. Paxta oqimi tezligi bilan fartuk koordinatasini xarakterlovchi burchak o‘rtasidagi bog‘lanish aniqlangan;
jin ishchi kamerasida qoldiq toladorlikni chigit yuzasi qismlari bo‘yicha taqsimlanishi va ularni vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuniyati aniqlangan, jinlangan chigitlarda tola asosan xalaza va mikropil qismida qolishi asoslangan;
jinlangan chigitlarni qoldiq toladorligi hamda ularni ishchi kameradan chiqish miqdori bilan ish unumdorligi o‘rtasidagi bog‘lanish aniqlangan;
yangi jinlash texnologiyasini ishlash rejimlari bilan jinlangan tola va chigitni texnologik ko‘rsatkichlari hamda ish unumdorligi o‘rtasidagi bog‘lanishlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxtani yumshoq rejimda jinlash asosida tola sifatini saqlab qolish imkoniyatini beruvchi texnologiyani ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtani yumshoq rejimda jinlash texnologiyasini ishlab chiqish asosida paxta xomashyosini qayta ishlash usuli “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi paxta tozalash korxonalarida joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 15 yanvardagi 03-18/143 son ma’lumotnomasi). Natijada tola sifatini saqlab qolish imkoniyati yaratilgan;
paxtani yumshoq rejimda jinlash texnologiyasini ishlab chiqish asosida paxta xomashyosini qayta ishlash usuli “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Dalvarzin paxta tozalash” AJ hamda “Chinobod paxta tozalash” AJda joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 15 yanvardagi 03-18/143 son ma’lumotnomasi). Natijada paxta jinlanganda toladagi nuqsonli aralashma miqdorini  I navda 2,5% dan 2,0%  gacha  IV navda esa 4,3 dan 3,4% gacha kamayish ta’minlangan;
paxtani yumshoq rejimda jinlash asosida tola sifatini saqlab qolish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar “Guliston paxta tozalash” AJda joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 15 yanvardagi 03-18/143 son ma’lumotnomasi). Natijada arrali jinlarning tola bo‘yicha ish unumdorligini 1,8 barobargacha oshirish imkoniyati yaratilgan;
paxtani yumshoq rejimda jinlash asosida tola sifatini saqlab qolish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar “Shofirkon paxta tozalash” AJ  va “G‘ijduvon paxta tozalash” AJda joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 15 yanvardagi 03-18/143 son ma’lumotnomasi). Natijada kalta tolalar miqdori I navda 8,23 % dan 4,3 % gacha va IV navda 13,1 % dan 6,2 % gacha  kamayishi ta’minlangan.
V. Ixtiroga patenti. 
«Paxta xomashyosini qayta ishlash usuli»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP 05961-2019 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 19 dekabrdagi 01-11/2550-son xulosasi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish