Kamilov Xabibilla Xamidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuydirmasdan olinadigan ishqorli bog‘lovchilar asosidagi serg‘ovak kompozisiyalarning eksperimental-nazariy asoslari», 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T332.
Ilmiy maslahatchi: To‘laganov Abdukabil Abdunabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Saidaglam Agloevich, texnika fanlari doktori, professor; Talipov Nigmatulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Soy Vladimir Mixaylovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O’zog’irsanoatloyiha» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan foydalanib, kuydirmasdan olinadigan ishqorli bog‘lovchilar (KOIB) asosidagi serg‘ovak kompozisiyalarni yaratishning eksperimental va nazariy asoslarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘lovchilarning struktura va xossalarini belgilovchi omillarga asoslanib, fraktal geometriyani hisobga olgan holda, mineral va organik qo‘shimchali KOIB olish va strukturasini hosil bo‘lish jarayonlarining nazariy va eksperimental asoslari rivojlantirilgan;
KOIB toshi mustahkamligi va fraktal o‘lcham orasidagi bog‘liqlik qarama-qarshi ekanligi aniqlangan;
KOIBdagi «matrisa-ko‘pik hosil qiluvchi» model tizimi orqali ko‘pik hosil qiluvchilarning ishqorli muhitda g‘ovak hosil qilish qobiliyati va matrisaning kontraksion va kapillyar g‘ovakligining kamayishi nazariy-eksperimental tarzda aniqlangan;
ko‘pik massasini hosil qilish uchun matrisani tashkil etuvchilari va to‘ldirgichlarning turi va miqdori, aralashtirish vaqtiga nisbatan g‘ovaklar orasidagi devorning kapillyar va gelli g‘ovakligiga bog‘liqligi aniqlangan;
“sellyuloza tarkibli to‘ldirgich – KOIB” tizimida adgezion-adsorbsion jarayonlar natijasida zich kontakt zona shakllanishi mexanizmi aniqlangan;
KOIB asosidagi materialning mustahkamligi ishqoriy komponent miqdori, bog‘lovchi toshining hajmi, kompozisiyaning g‘ovakligi va g‘ovaklar orasidagi devor qalinligiga bog‘liqligi asoslangan;
ko‘pikbetonlarda g‘ovaklar miqdori, ularni diametri o‘lchamining o‘rtacha miqdori, materialdagi g‘ovaklar orasidagi devor qalinligini aniqlashga asoslangan KOIB asosida belgilangan zichlikdagi serg‘ovak strukturali ko‘pikbetonlarni olish imkonini beradigan fraktal o‘lchamni aniqlash bog‘liqligi va modeli taklif etilgan;
alyumosilikat va ishqoriy komponent miqdori va ko‘pik hajmi sarfini aniqlash bog‘liqligini hisobga olgan holda KOIB asosidagi ko‘pikbeton tarkibini loyihalash usuli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuydirmasdan olinadigan ishqorli bog‘lovchilar asosidagi serg‘ovak kompozisiyalarning eksperimental-nazariy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
KOIB va qishloq xo‘jaligining sellyuloza tarkibli chiqindilari asosidagi arbolit tarkibi «Zuxayl» xususiy korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 4670/08-07-son ma’lumotnomasi). Natijada sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilari asosida o‘rtacha zichligi 350 kg/m3 bo‘lgan issiqlik izolyasiya materiali ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan KOIBning tarkiblari «Imorat-ADA» NPKChRda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 4670/08-07-son ma’lumotnomasi). Natijada aktivligi 600 bo‘lgan kuydirmasdan olinadigan ishqorli bog‘lovchi ishlab chiqarishga erishilgan;
ko‘pikbeton va ko‘pik arbolit tarkiblari va texnologiyasi «Alina-Invest» MChJ QKda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 4670/08-07-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha zichligi 350 do 750 kg/m3 va siqilishdagi mustahkamligi 0,5 do 4,7 MPa bo‘lgan ko‘pikbeton va ko‘pik arbolit ishlab chiqarishga erishilgan;
mexanik usulda faollashtirilgan ishqorli bog‘lovchi asosida ko‘pikbetonni sinov partiyasi «Bekobodsement» AJda ishlab chiqarilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 12 iyundagi 4670/08-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaldagi standart talablariga javob beruvchi mahsulot olish imkonini bergan;
bog‘lovchi tarkibi, ishqoriy bog‘lovchi ishlab chiqarish usuliga O‘zbekiston Respublikai Intellektual mulk agentligining ixtiro patentlari olingan (IAP 04945 UZ, IAP 05647 UZ). Natijada yuqori mustahkamlik ko‘rsatkichlariga ega mineral bog‘lovchi olish imkonini bergan.