Oripova Munojat Jaloldinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Malva Sylvestris urug‘idan antimikrob peptidlar, Artemia sistasidan xitozan ajratish, biologik faolliklarini o‘rganish va ular asosida kosmetik kompozisiya yaratish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/K245.
Ilmiy rahbar: Oshhepkova Yuliya Igorevna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Ramazanov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor; Gafurov Maxmud Bakievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Malva Sylvestris urug‘i va yashil qismidan oqsil-peptid komponentlar, Artemia sistasidan xitozan ajratish, ularni fizik-kimyoviy tavsiflash, biologik faolliklarini va tibbiyotda qo‘llanilish istiqbollarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Malva Sylvestris urug‘idan aspartokinaza va ABC-transportyor oqsillariga gomolog bo‘lgan, yuqori antimikrob faollik namoyon qiluvchi oqsillar ajratib olingan;
Malva Sylvestris aspartokinazasining gomologik ketma-ketligi konservativ gidrofob soha tutgan, aspartokinaza faolligiga javob beruvchi domen ekanligi aniqlangan;
ilk bor oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi, fitopatogenlarga qarshi va insektisid faollikka ega bo‘lgan S-motiv tutgan reseptorga o‘xshash kinaza va glutation-S-transferaza oqsillari ajratib olingan;
Orol dengizi Artemia sistasidan xitozan olingan va uning molekulyar kattaliklari va tuzilishi aniqlangan;
Artemia sistasidan olingan xitozanni lipid-sorbsiyalash, gipoglikemik, gipoksiyaga qarshi, gipolipidemik xossalar namoyon qilishi hamda uning ta’sirida qon tomirlardagi aterosklerotik buzilishlar kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Malva Sylvestris urug‘idan olingan oqsil-peptid komponentlari va Orol dengizi Artemia sistasidan xitozan ajratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Malvaceae oilasi o‘simliklaridan ajratilgan oqsil-peptid komponentlari Rossiya davlat agrar universiteti ilmiy tadqiqotida fitoftoroza Phytophtora qo‘zg‘atuvchisiga qarshi biologik faollikni solishtirishda foydalanilgan (Rossiya davlat agrar universitetining 2020 yil 16 maydagi 90-28/59-son ma’lumotnomasi). Natijada fitoftoroza qo‘zg‘atuvchilarini identifikatsiyalash uchun test tizimlar, namuna tayyorlash bayonnomalarini ishlab chiqish va PSR (odatiy va real vaqtdagi) tahlili olib borishni maqbullashtirish imkonini bergan;
Orol dengizi Artemia sistasidan ajratilgan xitozan Evroosiyo milliy universiteti tomonidan Qozog‘iston sho‘r ko‘llarida yashovchi Artemia sistasidan olingan xitozanni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarda foydalanilgan (L.N.Gumilev nomidagi Evroosiyo milliy universitetining (Qozog‘iston) 2020 yil 6 martdagi 03-01-24/6926-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaziy Osiyo xududlari, Qozog‘iston va Sibir sho‘r ko‘llarida yashovchi Artemia turlarini solishtirma tavsiflash imkonini bergan.