Saidova Mohinur Jonpo‘latovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (Pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1119.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: I.M. Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T/Ped.99.01.
Rasmiy opponentlar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Eshmatov Baxtiyor Hasanovich, matematika-fizika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga matematika fanini o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning metodik asoslarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asoslarini (prinsiplar, shakllar, vositalar) hamda ularni ta’lim jarayoniga (reproduktiv, produktiv va kognitiv usulda) qo‘llashning kompetensiyaviy mazmuni axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida rivojlantirilgan;
matematika darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning aqliy bilish faoliyatini o‘stirish, intelektual salohiyati yuqori bo‘lgan va xalqaro baholash (TIMSS) talablariga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda  ijodiy materiallar mazmuni, ularni tanlashda foydalanilgan zamonaviy axborot texnologiyalar ba’zasini kengaytirishga undovchi metodik ta’minot asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf matematika darslarida shakllantiriladigan kompo¬nentlar (kommunikativ, elektron axborot ta’lim resursidan foydalanish, o‘z ustida ishlash, kreativlik, prognoz qilish)ni o‘z ichiga olgan model’ ishlab chiqilgan hamda innovatsion texnologiyalar, shakl va vositalarni qo‘llash jarayoni orqali matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi takomillashtirilgan;
matematika fanini o‘qitishda boshlang‘ich sinflarda mavjud innovatsion texnologiyalar bazasi takomillashtirildi, xalqaro ta’lim tizimi talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh iqtidorli o‘quv¬chilarni tarbiyalashga xizmat qiladigan mul`timediali elektron ta’lim recurclari yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodika¬sini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematika fanini o‘rgatishning didaktik asoslarini (prinsiplar, shakllar, vositalar) hamda ularni ta’lim jarayoniga (reproduktiv, produktiv va kognitiv usulda) qo‘llashning kompetensiyaviy mazmunini axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida rivojlantirish bo‘yicha berilgan takliflar dars ishlanmalari va ta’lim standartlari mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 89-03/-3724-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematikani o‘rgatishda axborot texnologiyalariga asoslangan eng zaruriy metodik baza takomillashtirilgan va amaliyotga joriy etilgan;
matematika darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning aqliy bilish faoliyatini o‘stirish, intelektual salohiyati yuqori bo‘lgan va xalqaro baholash (TIMSS) talablariga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda  ijodiy materiallar mazmuni, ularni tanlashda foydalanilgan zamonaviy axborot texnologiyalar bazasini kengaytirishga undovchi takomillash¬tirilgan metodik ta’minot Respublika ta’lim markazi huzuridagi “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishining 2018 yildagi rejasiga asosan 1-4-sinflar uchun mo‘ljallangan “Nazorat ishlar to‘plami” mazmuniga sing¬dirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi № 89-03/-3724-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf matematika darslari uchun metodik (maqsadli, mazmunli, tashkiliy) ta’minot, o‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishlari, o‘quv faolligi, olingan bilimlarni qisman, qayta va ijodiy xotirlashga doir (reproduktiv, produktiv, kognitiv) topshiriqlar orqali mustaqil echa olish, hamda darslarni innovasion ko‘rinishlarda tashkil qilish samaradorligi oshgan;
matematika fanini o‘qitishda boshlang‘ich sinflarda mavjud inno¬vatsion texnologiyalar bazasi takomillashtirilgan, xalqaro ta’lim tizimi talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalashga xizmat qiladigan mul`timediali elektron ta’lim recurclari yaratilgan bo‘lib 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-23 raqamli «Bosh¬lang‘ich cinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali darc ishlanmalari maj-muacini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifa¬larni bajarishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir¬ligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 89-03/-3724-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematika fanini o‘qitishning innovatsion texnologiyalar bazasi takomillashtirilgan, xalqaro istiqbolikka erishish yo‘lida iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalashga xizmat qiladigan mul`timediali elektron ta’lim recurclari mazmuni takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish