Ruzikulova Nigora Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped512.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: I.M. Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T/Ped.99.01.
Rasmiy opponentlar: Djamalov Sirojiddin Zuxriddinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika fanidan o‘zlashtirish darajasini TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) xalqaro baholash dasturiga uyg‘unlashtirish asosida axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi rivojlantirilgan; 
o‘quvchilarning matn, tasvir, raqam ko‘rinishidagi o‘quv materiallarini interpretatsiya qilishi asosida axborotlar bilan ishlash kompetensiyasining pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish bosqichlari aniqlangan;
matematika fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarni algoritmik axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish modeli boshlang‘ich sinf «Matematika» fanidan o‘quv axborotlarini tahliliy-sintetik qayta ishlash, imitatsiyalarini yaratish, o‘quv materiallarini interpretatsiya qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika fanidan o‘zlashtirish darajasini aniqlash hamda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga oid berilgan takliflardan umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarining mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3944-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning fanga oid axborotlarni o‘zlashtirish darajalarini xalqaro standartlar asosida aniqlash imkonini bergan;
o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi pedagogik imkoniyatlarini matn, tasvir, raqam ko‘rinishidagi axborotlarni interpretatsiya qilish asosida rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun «Matematika» (ISBN 978-9943-26-911-8) darsligini ishlab chiqishda tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3944-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda matematika ta’limi mazmuni va fanning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish imkoniyatlari hamda fanni o‘qitish samaradorligi oshirilgan;
Matematika fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarni algoritmik axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar «Matematika o‘qitish metodikasi» darsligi mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3944-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda «Matematika» fanini o‘qitishning zamonaviy o‘quv-metodik ta’minoti va didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf «Matematika» fanidan o‘quv axborotlarini tahliliy-sintetik qayta ishlash, imitatsiyalarini yaratish, o‘quv materiallarini interpretatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-23 raqamli «Boshlang‘ich cinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali darc ishlanmalari majmuacini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vaziflarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3944-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematikadan fanidan o‘quv axborotlari bilan ishlash kompetensiyasi rivojlantirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish