Mirdavidova Saodat Mirvalievnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston maktablarining arxitekturasini sinf xonalarda qulay yorug‘lik iqlimini ta’minlash asosida shakllantirish», 18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2018.3.PhD/A28.
Ilmiy rahbar: Hidoyatov Timur Abrarovich, arxitektura doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSs.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Salimov Orifjon Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Mansurov Yashnar Ma’rufovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “ToshboshplanLITI” Davlat unitar korxonasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston umumta’lim maktablarining sinf xonalarida qulay tabiiy yorug‘likni hisoblashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanib, matematik modellashtirishga asoslangan yuqori samarador tizimni ishlab chiqish hamda umumta’lim maktab binolarining arxitekturaviy-rejaviy echimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta asrlarda aksariyat maktablar mahallalarning jamoat markazlarida joylashib, ular guzar masjidlari, madrasalar va jamoat binolari tarkibiga kirganligi aniqlangan;
O‘rta Osiyoning noqulay issiq va quruq iqlim sharoitida maktab binolarining hajmiy-fazoviy kompozisiyasi vodiy hududlari uchun shamoldan himoyalangan, tog‘li hududlar uchun notekis rel`efga moslashtirilgan hamda shahar sharoiti uchun transformatsiyalanish imkoniyatiga ega tarzda shakllantirilganligi aniqlangan;
so‘nggi o‘rta asrlarda Movarounnahr maktablarining me’moriy-rejaviy echimlarida xonalar soni, tarkibi va ularning funksional bog‘lanishida muqim tipologik tartiblar o‘rnatilmaganligi, ularning har biri individual tarzda loyihalanganligi aniqlangan;
A.M.Danilyukning maktab binolari sinf xonalarida tabiiy yorug‘likning geometrik koeffisientini hisoblashning analitik usulidan farqli ravishda xonalarda tabiiy yorug‘lik miqdorining eng maqbul koordinatalar tizimi ko‘rsatgichlarini aniqlash imkonini beruvchi elektron dastur ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«O‘zbekiston maktablarining arxitekturasini sinf xonalarda qulay yorug‘lik iqlimini ta’minlash asosida shakllantirish» mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda umumta’lim maktablarining xonalaridagi oynalarning kattaligini hisoblash uslubi, sinf xonalaridagi tabiiy yorug‘lik miqdorini hisoblash va bunda kompyuterda modellashtirish uslubidan foydalanish yuzasidan qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalardan “Yorug‘lik dizayni” o‘quv qo‘llanmasining “Yorug‘lik texnikasining asosiy tushuncha va usullari” nomli bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (o‘quv adabiyotning 2019 yil 9 fevraldagi 133-163-son nashr ruxsatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi me’yoriy hujjatlardan foydalangan holda xonaning oynalari kattaligini va yorug‘lik darajasini hisoblash va bu jarayonda kompyuter dasturlaridan foydalanish imkoniyatini bergan;
munosib oynalar kattaligiga ega o‘quv xonalaridan iborat universal blok sifatida xizmat qiladigan modul tizimi asosida maktab binolarini loyihalash, hamda sinf xonalarida tabiiy yorug‘likni hisoblash jarayonida kompyuter texnologiyalarni qo‘llash usullari maktab qurilishi amaliyotida qo‘llanilgan («TAShGIPROGOR» AJning 2019 yil 11 noyabrdagi M-3-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi loyihalashtirilayotgan maktab binolari tipologiyasini kengaytirish va loyihalash jarayoni samaradorligini oshirish imkonini yaratgan.