Tursunova Ranoxon Yusubjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosiy identifikatsiyasida o‘zlikni anglash va ma’naviy-tarixiy meros omillari», 07.00.05–Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tar58.
Ilmiy maslahatchi: Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/30.12.2019.Tar/Yu/I/S/24.01. 
Rasmiy opponentlar: Kobzeva Ol`ga Petrovna, tarix fanlar doktori, Nuriddinov Erkin Zuhriddinovich tarix fanlari doktori, professor, Babaxodjaeva Lola Maratovna, tarix fanlar doktori.   
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosiy identifikatsiyasida milliy o‘zlikni anglash va tarixiy-madaniy merosning o‘rnini kompleks tadqiq etish.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Markaziy Osiyo respublikalarida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda ta’lim tizimi va fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati hamda mintaqa davlatlari tashqi siyosiy identifikatsiyaga tarixiy-madaniy meros (arxeologiya, arxitektura, san’at) ta’sir etuvchi faktor sifatida ochib berilgan; 
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalari tashqi siyosat konsepsiyalarida Markaziy Osiyo mintaqasi ustuvor yo‘nalish ekanligi hamda mintaqa xalqlariga xos umumiy jihatlar (ko‘pmillatlilik, simbiotik tarix va madaniyat) mavjudligi qiyosiy tahlil asosida dalillangan;
Markaziy Osiyo mamlakatlarida yoshlar siyosatining amalga oshirilishda huquqiy va institusional mexanizmlar, yoshlarda tarixiy bilim va millatlararo totuvlikni mustahkamlash hamda bu borada ommaviy axborot vositalari muhim ta’sir etuvchi kuch sifatida ko‘rsatib berilgan; 
O‘zbekiston tashabbusi bilan “Markaziy Osiyo: yagona o‘tmish, umumiy kelajak, barqa¬ror taraqqiyot va farovonlik yo‘lidagi hamkorlik” shioridagi umumiy qarashlarning shakllanganligi va shu asosida mintaqada o‘zaro aloqalarni barcha sohalarda kengaytirishga qaratilgan yangi ijtimoiy-madaniy muhit vujudga kelganligi dalillangan;
Mintaqada tarixiy, arxeologik, ziyorat turizmi industriyasi shakllarini rivojlantirish-ning holati va istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, turizm taraqqiyoti uchun birgalikda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘lgan amaliy tadbirlar (transport kommunikatsiyalari, xavfsiz turizm, yagona viza tartiblarini joriy etish) asoslab berilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Markaziy Osiyo davlatlarida tashqi siyosiy identifikatsiyaning shakllanishida milliy o‘zini o‘zi anglash va ma’naviy-tarixiy merosni tarixiy kontekstda tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida: 
O‘zbekistonda mustaqillikning qo‘lga kiritilishi arafasidagi ma’naviy jarayonlar, tarixiy-madaniy meros, jamiyatning turli sohalaridagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, murakkab xalqaro jarayonlar sharoitida O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va xalqaro aloqalari yo‘lga qo‘yilishida milliy indentifikatsiya masalalari tahlili FA-F8-042-sonli “O‘zbekistonning mustaqillikka erishish tarixi (1985–1991 yy.)” (2007–2011) nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 30 apreldagi № 3/1255-1305-sonli dalolatnomasi). 
Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va tashqi aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi madaniy-gumanitar munosabatlar, mintaqa mamlakatlarida tarixiy-madaniy merosning tashqi siyosiy faoliyatdagi o‘rni masalalarini o‘rganish va tahlil qilish imkonini bergan. 
O‘zbekistonda ilm-fan va innovatsiyalar, milliy o‘zlikni anglash, tarixiy-madaniy meros omili, shuningdek, mustaqillik yillarida mazkur sohalarda amalga oshirilgan islohotlarning mintaqaviy madaniy-gumanitar hamkorlik va tashqi siyosiy identifikatsiya jarayonlaridagi o‘rni masalalari dissertant ishtirokida tayyorlangan oliy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan “Noveyshaya istoriya Uzbekistana” (2018 y.) darsligiga joriy etilgan (№603-127, 24.08.2017). 
Ilmiy natijalarning joriy etilishi O‘zbekistonda fan, ta’lim, sport, yoshlar siyosati sohasidagi o‘zgarishlar, mintaqaviy gumanitar hamkorlik masalalari hamda ushbu jarayonlarda respublikaning tutgan o‘rni, tashshabbuslari, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosatida ma’naviy-tarixiy meros omili masalalarni o‘rganish va tahlil qilish imkonini bergan. 
Ma’naviyat va tarixiy-madaniy meros tadqiqotlarining nazariy aspektlari, Markaziy Osiyo mamlakatlarida madaniy hayot transformatsiyasi, mintaqada madaniyat sohasidagi xalqaro munosabatlar Germaniya Federativ Respublikasining Konrad Adenauer fondi tomonidan moliyalashtirilgan O‘zR FA Tarix instituti va Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti hamkorligida amalga oshirilgan FTK-03-2014.11.03 – “Eng yangi tarix – umumjahon tarixiy jarayonlarining bir qismi sifatida” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akade¬miya¬sining 2019 yil 30 apreldagi № 3/1255-1305-sonli dalolatnomasi). 
Xalqaro loyihaga joriy etilgan fanlararo yondashuvlar asosida bildirilgan tahliliy fikrlar madaniyat sohasidagi tadqiqotlarning nazariy-metodologik jihatlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyati tarixi, zamonaviy holati, muammolari, istiqbollari va uning tashqi siyosiy munosabatlardagi o‘rni masalalarini mintaqaviy aspektda o‘rganish va tahlil qilishga yordam bergan hamda tadqiqot natijalari asosida “Noveyshaya istoriya Sentralnoy Azii: problemi teorii i meto¬dolo¬gii” (Moskva, IV RAN, 2018, -302 s.) xalqaro jamoaviy monografiyasi nashr etilgan.  
Markaziy Osiyo mamlakatlari xususan, O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy tashqi siyosati va xalqaro madaniy-gumanitar aloqalarining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy tendensiyalari O‘zR FA Tarix institutida bajarilgan FA-F8-042 “O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi (1985-1991 yy.)” fundamental va I1-FA-014334 “O‘zbekistonning eng yangi tarixi ocherklari” innovatsion loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 30 aprel¬dagi № 3/1255-1305-sonli dalolatnomasi).
Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatining shakllanishi, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro madaniy-gumanitar munosabatlar, mintaqada yirik aktorlarning o‘rni masalalarini tahlil qilish hamda mintaqa mamlakatlarining tashqi siyosatini o‘zaro qiyosiy tadqiq etish imkonini bergan. Shuningdek, tadqiqot natijasida olingan asosiy natijalar “Insights and Commentaries: South and Central Asia” (Kolkata, India. 2016, 396 p) xalqaro monografiyasini tayyorlashda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish