Nurutdinova Madina Chorievnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mediakonvergensiya sharoitida mul`timediaviy jurnalistika», 10.00.09- Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil765.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Baxtiyor Madaminovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori; Xudoyqulov Muxtar, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mediakonvergensiya sharoitida mul`timediaviy jurnalistikaning xususiyatlari, konseptual tasnifi, muammolarini O‘zbekiston va xorij yangilik saytlari misolida qiyosiy jihatdan yoritish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OAV mediakonvergensiyasidan hosil bo‘lgan transformatsiya va integratsiya natijalari aniqlangan.
an’anaviy hamda internet jurnalisti ijodining konvergensiya sharoitida faoliyat olib borish usullari kengayib, universallikdan transprofessionallikka o‘tishi asoslangan;
sayt kontentini mul`timediaviy janrlar bilan boyitish orqali tarkibni takomillashtirdagi samarador usullar asoslangan;
onlayn nashrlarda mul`timediaviy kontent samaradorligini oshirish natijasida auditoriyani jalb etishning ijtiomiy-psixologik omillari ochib berilgan; 
O‘zbekiston va xorij axborot saytlari kontent tarkibida qo‘llanilgan axborot (mul`timediaviy janr turlari, mavzu, yo‘nalishi, nazariy -amaliy ahamiyati, tarmoq reytingi, materiallar mazmuni, auditoriya mezonlarini aniqlanash)ni etkazish hamda uning auditoriya tomonidan qabul qilish jarayonida tahlil modeli sifatida xizmat qila oladigan mediametrik tahlil namunasini qo‘llash tamoyillari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mediakonvergensiya sharoitida mul`timediaviy jurnalistika tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
internet maydonidagi mul`timediaviy jurnalistika faoliyat tendensiyalari, mul`timediaviy janrlar integratsiyasi, auditoriyaning psixologik omillari hamda mediametriya masalalari olingan natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Dunyo” axborot agentligi saytida (www.jahonnews.uz) axborot taqdim etish, yangiliklarni uzatishdagi mul`timediaviy janrlardan foydalanish, auditoriyani jalb etishning ijobiy hamda samarali usullari va psixologik omillari kabi ilmiy izlanishlar yuzasidan olingan ilmiy xulosalari va takliflaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi “Dunyo” axborot agentligining 2019 yil 14 noyabridagi 375/ 19-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lumotlarni mul`timediaviy uzatish usullari kengaygayib, veb saytning axborot taqdim etishdagi faoliyati takomillashgan.
Kontentni tahlillash va mediamateriallar tayyorlash usullari, yangiliklar uzatishdagi mul`timediaviy janrlardan foydalanish, auditoriyani jalb etishning samarali usullari va psixologik omillari kabi ilmiy izlanishlaridan olingan xulosalar va amaliy ishlaridan O‘zA veb-sayti axborot tahririyatida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi 2019 yil 4-noyabrdagi 01-23/1138-son ma’lumotnoma). Natijada, yangiliklar uzatishdagi samarali usullardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan;
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi veb-sayt faoliyatida, uyushma tomonidan o‘tkaziladigan nazariy va amaliy anjumanlar, seminarlar, ayniqsa, internet jurnalistikasi xodimlari uchun bir necha bor tashkil qilingan media-treninglarda axborot taqdim etish, internet jurnalistikasidagi yangi janrlar, tushunchalar, yo‘nalishlar, yangiliklar uzatishdagi mul`timediaviy janrlardan foydalanish kabi ilmiy izlanishlari yuzasidan olingan xulosalarga murojaat qilingan (Jurnalistlar ijodiy uyushmasi 2019 yil 6-noyabr`, 15/ 438-son ma’lumotnoma). Natijada, mazkur ilmiy xulosalar soha xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish va mobil jurnalist sifatida faoliyat yuritishiga yordam bergan; 
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan veb-saytlarning umumiy faoliyati tahlil qilinib, shu asosda onlayn jurnalistika media kompetensiyasini shakllantirish, internet media kontentini mediametriya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar takliflar va xulosalardan “Human.uz” axborot sayti faoliyatini takomillashtirishda keng qo‘llanilgan (“Human Media” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2019 yil 10-dekabrdagi 86-ma’lumotnoma). Natijada, sayt xodimlarining internet jurnalistikasini o‘ziga xos xususiyatlarini yanada kengroq o‘zlashtirishga va kasbiy mahoratni oshirishga yordam bergan.
Shuningdek, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida uzatilgan qator ko‘rsatuvlar, jumladan, “Taqdimot”, “Mavzu” teleko‘rsatuvlarida tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy-nazariy fikrlar ssenariylar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2019 yil 14-noyabr`, 02-40-2350-sonli ma’lumotnoma). Natijada, internetda axborotning auditoriyaga psixologik ta’siri, salbiy oqibatlari  borasida taklif va tavsiyalar taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish