Bo‘ribaev Erkinjon Narbay o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiy muvozanatni ta’minlashda moliya-kredit tizimining tutgan o‘rni», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt817.
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dodiev Fozil O‘tkurovichlar, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatda iqtisodiy muvozanatni ta’minlashda moliya-kredit tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish va ishlab chiqarishni rivojlantirishda hududlar o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatni ta’minlash orqali yangi ish joylarini ko‘paytirish va asossiz migratsiya darajasini kamaytirish haqidagi taklifi asoslangan;
tijorat banklarining ustav kapitali tarkibidagi davlat ulushini mahalliy va xorijiy investorlarga, shu jumladan aholiga ochiq auksionlarda sotish lozimligi taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlash amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechish taklifi ilgari surilgan;
tijorat banklari iqtisodiyotning real sektori, ayniqsa mahalliy xom ashyolardan ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlarga berilayotgan kreditlar hajmini oshirish tavsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Iqtisodiy muvozanatni ta’minlashda moliya-kredit tizimining tutgan o‘rnini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish va ishlab chiqarishni rivojlantirishda hududlar o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatni ta’minlash orqali yangi ish joylarini ko‘paytirish va asossiz migratsiya darajasini kamaytirish haqidagi taklifi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (hozirda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi) tomonidan hududlarda infratuzilmani rivojlantirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 13 fevraldagi 5–O/20–2809–son ma’lumotnomasi). Buning amaliyotga qo‘llash natijasida keyingi yillarda bank depozitlari hududlar kesimida 16 foizga, kreditlar 14 foizga oshishi ta’minlangan;
tijorat banklarining ustav kapitali tarkibidagi davlat ulushini mahalliy va xorijiy investorlarga, shu jumladan aholiga ochiq auksionlarda sotish lozimligi haqidagi taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” tomonidan bank kapitalini xususiy sektorga sotishda qo‘llanilgan (AT “Aloqabank”ning 2020 yil 20 maydagi 25-09/1733–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliy natijasida bank kapitali tarkibida xususiy sektorning ulushi 2020 yil 1 aprelda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 barborga oshgan;
tijorat banklari tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlash amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechish haqidagi taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” tomonidan imtiyozli kreditlar hajmini pasaytirishda qo‘llanilgan (AT “Aloqabank”ning 2020 yil 20 maydagi 25-09/1733–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qo‘llanilishi natijasida bankning kredit portfeli tarkibida imtiyozli kreditlar hajmi 2020 yil 1 aprelda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga kamaygan va kreditlardan oladigan daromadlari 5,5 foizga oshgan;
tijorat banklari iqtisodiyotning real sektori, ayniqsa mahalliy xom ashyolardan ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlarga berilayotgan kreditlar hajmini oshirish taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni kreditlash amaliyotida joriy etilgan (AT “Aloqabank”ning 2020 yil 20 maydagi 25-09/1733–son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bankning kredit portfeli tarkibida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxona va tashkilotlarga uch yilgacha berilgan kreditlarning summasi 2020 yil 1 aprelda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobarga ko‘paygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish