Berdiev G‘ayrat Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotda uy xo‘jaliklari iqtisodiy faolligini oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt364.
Ilmiy rahbar: Hasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Kabilov Sharif Raximovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida uy xo‘jaliklari iqtisodiy faolligini oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyotning turli sub’ektlari bilan uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar samaradorligini oshirish, shuningdek, ularning takror ishlab chiqarish jarayonidagi ichki (rekreatsion, ijtimoiy va patronaj) va tashqi  (ishlab chiqarish, tadbirkorlik, iste’mol va investision) funksiyalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
uy xo‘jaliklari iqtisodiy faolligini oshirish va ular faoliyatida transaksion xarajatlarni kamaytirish maqsadida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishda ma’lumotlarni tahlil qilish va baholashning skoring tizimidan foydalanish zarurati asoslangan;
uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashishida  eng zaruriy agregatlashgan ehtiyojlarni qondirish, ikkilamchi bandlikni ta’minlash, turli usullar orqali ijtimoiy qo‘llab–quvvatlash kabi ko‘p kanalli model` asosida mehnat bozoridagi yashirin ishsizlikni bartaraf etish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
uy xo‘jaliklarining iqtisodiy faolligini oshirishda aholining yalpi daromadiga ularning yollanma mehnat va mustaqil ravishda olgan daromadlari ta’sirining 2030 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy iqtisodiyotda uy xo‘jaliklari iqtisodiy faolligini oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqtisodiyotning turli sub’ektlari bilan uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar samaradorligini oshirish, shuningdek, ularning takror ishlab chiqarish jarayonidagi ichki (rekreatsion, ijtimoiy va patronaj) va tashqi  (ishlab chiqarish, tadbirkorlik, iste’mol va investision) funksiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 fevral` kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 8-sonli majlis bayonida ko‘zda tutilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Xovos tumanidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida uy xo‘jaliklarining iqtisodiy faollik darajasini oshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 9 dekabrdagi 6-1/20-70-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida tumanda uy xo‘jaliklarining iqtisodiy faolligi oshdi, ular ixtiyoridagi resurslar unumdorligi va tejamkorligiga erishildi, natijada ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘larining aniq manzilli yo‘naltirilishi ta’minlangan;
uy xo‘jaliklari iqtisodiy faolligini oshirish va ular faoliyatida transaksion xarajatlarni kamaytirish maqsadida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishda ma’lumotlarni tahlil qilish va baholashning skoring tizimidan foydalanish zarurligi bo‘yicha berilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimida Sirdaryo viloyatining Mirzaobod va Xovos tumanlarida tadbirkorlikka ko‘maklashish va bank xizmatlari markazlari faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 9 dekabrdagi 6-1/20-70-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2020-2025 yillarda uy xo‘jaliklarining raqamli iqtisodiyot sektoriga faol integratsiyalashuvini ta’minlashga xizmat qiluvchi platforma yaratiladi, ular faoliyatida turli xil transaksion xarajatlarni kamayishiga va shu orqali ushbu sektor iqtisodiy faolligini oshirishiga erishilgan;
uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashishida  eng zaruriy agregatlashgan ehtiyojlarni qondirish, ikkilamchi bandlikni ta’minlash, turli usullar orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi ko‘p kanalli model` asosida mehnat bozoridagi yashirin ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sirdaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar” dasturida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 9 dekabrdagi 6-1/20-70-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi istiqbolda hududlarda qo‘shimcha ish o‘rinlarining ko‘payishi, o‘zini-o‘zi band qilish, turli xil salbiy vaziyatlardan himoyalanish, yashirin ishsizlik ko‘lamining qisqarishiga xizmat qilgan;
uy xo‘jaliklarining iqtisodiy faolligini oshirishda aholining yalpi daromadiga ularning yollanma mehnat va mustaqil ravishda olgan daromadlari ta’sirining 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirish strategiyasining 8-bandida (Qishloq hududlarini rivojlantirish) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 9 dekabrdagi 6-1/20-70-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish