Sabirova Charosxon Atamamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped166.
Ilmiy rahbar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. PhD.03/30.12.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdunazar Tajiboevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida takomilllashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviy-axloqiy va ma’naviy-estetik tarbiyalashga ta’sir etuvchi omillar tarkibi (ijtimoiy-pedagogik, milliy-madaniy, motivatsion-psixologik, ijtimoiy-kommunikativ) umuminsoniy qadriyatlar (xalq ijodiyoti, tarixiy-madaniy, milliy-an’anaviy, milliy-badiiy meros) mazmuni mohiyatini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
“Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik texnologiyalar” va “Pedagogik mahorat” fanlarini o‘qitish bilan bog‘liq ilmiy metodik muammolarni (ilmiylik, tarixiylik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilish, maqsadga yo‘naltirishni tashkil qilish, ijtimoiy-tarixiy tajriba bilan moslashtirish) tahlil qilish, o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash jarayoni komponentlarini takomillashtirish bo‘yicha imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash jarayoni modeli (hissiy-psixologik, psixologik-pedagogik, tashkiliy-pedagogik) axloqiy-estetik mavzularni sinfda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar(sayohat darsi, ma’ruzalar, konferensiyalar, suhbat, mini-baxs munozaralarda)da refleksiv (his etish va undan foydalanish, intellektual-ijodiy) o‘rganish asosida takomillashtirilgan;
milliy va umuminsoniy, madaniy-tarixiy, badiiy qadriyatlarga tayangan holda tarbiyalanuvchiga estetik ta’sir o‘tkazishga qaratilgan integrativ yondashuvli interfaol va an’anaviy metodlar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ma’naviy-axloqiy va ma’naviy-estetik tarbiyalashga ta’sir etuvchi omillar tarkibi umuminsoniy qadriyatlar mazmuniga oid takliflardan A1-KX-1-60888 – raqamli «Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida shaxsning tayanch sifatlari tarzda o‘z-o‘zini anglash va o‘zini namoyon qilish qobiliyatlarini shakllantirish strategiyasi” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 89-03-2245-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning axloqiy-estetik tarbiyalanganlik darajasi oshgan;
“Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik texnologiyalar” va “Pedagogik mahorat” fanlarini o‘qitish bilan bog‘liq ilmiy metodik muammolarni tahlil qilish, o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash jarayoni komponentlarini takomillashtirish asosida PZ-2017-0927124-"Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish" amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 89-03-2245-son ma’lumotnomasi). Natijada “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik mahorat” fanlarining ishchi o‘quv dasturlarida qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanishda amaliyotga tatbiq qilingan;
Bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash jarayoni modeli axloqiy-estetik mavzularni sinfda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda refleksiv o‘rganish, milliy va umuminsoniy, madaniy-tarixiy, badiiy qadriyatlarga tayangan holda tarbiyalanuvchiga estetik ta’sir o‘tkazishga qaratilgan integrativ yondashuvli interfaol va an’anaviy metodlar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash jarayonini takomillashtirishga doir metodik tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi hamda Milliy g‘oyani rivojlantirish targ‘ibotini amalga oshirishda foydalangan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2019 yil 9 oktyabrdagi 01/09-1377-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlarda axloqiy-estetik tarbiya va jamiyatda belgilangan me’yor tushunchasini takomillashtirilishiga xizmat qilgan.