Allamuratova Zuxra Maxsetbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq nasrida detektiv janrning shakllanishi va taraqqiyot tadriji», 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (fiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1077
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Orazimbetov Quo‘anishbay Kelimbetovich- filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.12.2019. Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Keruenov Turganbay Arazmedovich filologiya fanlari doktori, Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich filologiya fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qoraqalpoq nasrida detektiv asarlarning tutgan o‘rni, ularning shakllanishi, kelib chiqish manbasi, badiiylik va janr jihatdan o‘ziga xosliklarini tadqiq qilishdan iborat.
Yangi milliy tadqiqotlar natijasida taraqqiy qilayotgan qoraqalpoq adabiyotida ham bir qancha detektiv asarlar yaratila boshlandi. Endi mazkur asarlarning mazmuni, qahramon ichki dunyosining ochilishi, ularni haqqoniy tasvirlash darajalarini aniqlash zarur.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpoq adabiyotshunosligida ilk bor detektiv janrning paydo bo‘lish manbalari, qo‘llanish bosqichlari aniqlangan, bunda dunyo klassik detektiv adabiyotining ta’siri, detektiv adabiyotni qoraqalpoq tiliga tarjima qilish mahorati bayon qilingan;
detektiv janrning nazariy tavsiflari berilib, shu orqali uning janriy va badiiy o‘ziga xosliklari ochib berilgan, shu yo‘sinda taniqli olimlar tomonidan e’lon qilingan monografiyalar, bajarilgan dissertatsiyalarda olingan natijalarga asosiy e’tibor jalb qilingan;
qoraqalpoq detektiv janrining janr hamda uslubiy xususiyatlarini aniqlash maqsadida muayyan asarlardan olingan matnlar asosida ilmiy taxlillar qilindi hamda nazariy xulosalarga kelingan;
detektiv asarlarning syujet tuzilishi, konfliktlar, ularning bir-biriga bog‘liqlikda, ketma-ket joylashish tizimidagi o‘ziga xosliklari, qahramon ruhiyatining ochib berilishi, kutilmagan muommo va uning echimi, to‘satdan bo‘lgan voqealarning aralash kelishi, real tasvirlashga intilish, bularning barchasi asarda detektiv voqealanish an’anasi ko‘rinishlari ekanligi dalillab berilgan;
detektiv asarlarda syujetning «ekspozisiya» bo‘limini, kompozisiyani tanlashning o‘ziga xosligi, voqealarning xronologik tartibda berilmasligi va boshqa ko‘plab badiiy uslubiy belgilar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq nasrida detektiv janrning shakllanishi va taraqqiyot tadriji bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpoq nasrida detektiv janrining shakllanish va rivojlanish evolyusiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilashda O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-FA-0-43 429-sonli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining amaliy masalalarini muhokama qilish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 21 fevraldagi 17.01/29-sonli ma’lumotnomasi). Shuning natijasida qoraqalpoq nasrida yangi janr sanalgan detektiv janrining shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha bildirilgan fikrlar yanada to‘ldirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi muassasalari xizmatini metodik ta’minlash a tashkillashtirish bo‘limiga qarashli Nukus shahar 11, 25, 41 sonli va Nukus tumani 1, 6, 21, 30, 31 son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim jarayoniga tatbiq etilib ijobiy natijalarga erishildi. (QR Xalq ta`limi vazirligining 2020 yil 25 fevral` 01-01/1-0661 son ma`lumotnomasi). Natijada, dissertant tomanidan tayyorlangan tavsiyalar 2016 yildan umumiy o‘rta maktablarninig 9-sinflarida o‘qitiladigan «Qoraqalpoq adabiyoti» darslarida adabiyotga oid mavzularning mazmunini takomillashtirishda mu³im nazariy-amaliy omil sifatida qayd qilingan. Shuningdek, adabiyotta yangi janrlarning shakllanishi mazusidagi darslarda o‘qitishda samarali foydalanilmoqda;
qoraqalpoq adabiyotining mustaqillikdan keyingi davrdagi taraqqiyot yo‘llariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy xulosalarni Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Xayrli tong» eshittirishi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 7 martdagi 01-02/69 va 01-02/70-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, teledastur va radioeshittirishlarning ilmiy ma`lumotlarga boy bӯlishi va yozuvchilar ijodining keng targ‘ib etilishi ta`minlangan.