Kilichev Anvar Akramovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir infarkt miokard bilan kasallangan bemorlarda chap qorincha diastolik funksiyasining klinik-prognostik ahamiyati», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2014.3-4.Tib31.
Ilmiy maslahatchi: Kurbonov Ravshan Davlyatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedova Barno Farxodovna, tibbiyot fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miokard infarkti bilan xastalangan bemorlarda chap qorincha diastolik funksiyasining kasallik klinik kechishi va bashoratlash bilan o‘zaro bog‘liqligini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
yurak diastolik disfunksiyasi tiplari, ifodalanganligi darajasi hamda miokard infarktining klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik asoslangan;
ChQDD og‘irligi ifodalanganligi va potensial xavfli QA aniqlanishi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
miya natriyuretik peptid ortishi darajasi va miokard infarktning klinik kechishi o‘ziga xos xususiyatlari hamda chap qorincha diastolik disfunksiyasi tiplari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan;
miokard infarkt bilan xastalangan bemorlarning farmakoterapiyaga moyilligini hisobga olgan holda ChQDD taraqqiy etishi klinik-funksional prognostik mezonlari dinamikasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir infarkt miokard bilan kasallangan bemorlarda chap qorincha diastolik funksiyasining klinik-prognostik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Chap qorincha diastolik funksiyasini baholash yordamida o‘tkazilgan miokard infarkti oqibatlarini prognoz qilishni optimallashtirish» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 iyundagi №8n-z/55-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma miokard infarkt bilan xastalangan bemorlarda chap qorincha diastolik faoliyatini hisobga olgan holda oxirgi nuqtalarni bashoratlashga imkon bergan;
O‘tkir infarkt miokard bilan kasallangan bemorlarda chap qorincha diastolik funksiyasining klinik-prognostik baholash va davolash optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy-tibbiyot markazi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari kardiologik dispanserlar amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 iyundagi №8n-z/55-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi miokard infarkt bilan xastalangan bemorlarda kasallikning noxush kechishi va bashoratini erta tashxislash, davolash tartibini optimallashtirish, kasallikning klinik kechishini yaxshilash va shifoxonada bo‘lish davrini 1,3 martaga kamaytirish imkonini bergan.