Nurjanov Perdebay Erjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq romani poetikasi. Syujet va kompozisiya (1970-2000 y.y.)», 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1. DSc/Fil30.
Ilmiy maslahatchi: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Quramboev Karimboy filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Bahodir Nurmetovich filologiya fanlari doktori, prof.; Bekbergenova Ziyada Utepovna filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til, adabiyot va folklor instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi syujet hamda konflikt aloqasi o‘ziga xosligi va janriy-kompozision yaxlitlik namoyishini 1970-2000 yillar qoraqalpoq romanchiligi tajribasi timsolida tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1970-2000 yillar qoraqalpoq romanchiligi poetikasi nazariy jihatlari tadqiq etilgan; 
Joriy qoraqalpoq romanchiligida syujetning xronikal, retrospektiv, assotsiativ tiplari badiiy funksiyasi, qo‘llanilish doirasi yoritilgan;
zamonaviy qoraqalpoq romanida konflikt va uning turlari poetikasi tavsiflangan;
mustaqillikbosqichi qoraqalpoq romannavisligida badiiy kompozisiya mohiyati, qahramon muhiti shakllanish tarzi aniqlangan;
hozirgi roman janri syujeti va kompoziyasi strukturasida dialog, monolog, portret, peyzaj va tafsilot badiiy vazifasi belgilangan;
1970-2000 yillar qoraqalpoq romanchiligida liro-psixologik va psixologik xususiyatlarning janr takomilidagi o‘rni dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1970-2000 yillar qoraqalpoq romani poetikasi, syujet va kompozisiyasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
1970-2000 yillar qoraqalpoq romani poetikasi tizimiga oid ma’lumotlarning nazariy aspektda tadqiq etish bilan bog‘liq xulosalardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429-raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 12-iyun`dagi 17.01/58 sonli ma’lumotnomasi). Natijada 1970-2000 yillari qoraqalpoq romani poetikasini yangisha nazariy aspektda tadqiq qilishga manba sifatida asos bo‘lgan;
hozirgi qoraqalpoq romanida syujet va uning xronikal, retrospektiv, assotsiativ va hakozo tiplarining badiiy funksiyasi, ularning ahamiyati tadqiq qilinishi bilan bog‘lik xulosalardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2015-2017 yillari bajarilgan FA-A1-G006-raqamli «Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarini tekstologik tahlil qilish va nashrga tayyorlash» amaliy loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 12-iyun`dagi 17.01/57 ma`lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etisha xizmat qilgan;
zamonaviy qoraqalpoq romanida konflikt va uning turlarining janr poetikasidagi ahamiyati, badiiy funksiyasi bilan bog‘lik bo‘lgan xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Adabiyot va davr», «So‘nmas yulduzlar», «Adabiy portret», «Tarixiy shaxslar», «Xalq durdonasidan», «Meros» nomli ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2020 yil 2 iyundagi 01-02/114 son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyitilgan;
mustaqillik yillaridagi qoraqalpoq romanidagi kompozisiyaning ahamiyati, qahramon obrazini yasashdagi tutgan o‘rniga bog‘liq xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli maktablarda adabiyot darsini davr talabiga mos o‘rganishda foydalanilgan. Jumladan P.Nurjanovning qalamiga mansub 2005 va 2010 yillarda chop etilgan «Adabiyot» (5 sinf, darslik-xrestomatiya) kitobida nomi zikr etilgan ilmiy ishning nazariy xulosalari amaliyatga tadbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 01-01/10-1572 son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar darsliklarni sifatli tarzda tayyorlashga imkon bergan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yosh avlodning badiiy adabiyotga qiziqishini yanada kuchaytirish va kitobxonlik madaniyatini o‘stirishga xizmat qilgan;
hozirgi roman janri syujet va kompoziyasi tarkibidagi dialog, monolog, portret, peyzaj va detalning badiiy funksiyasini tadqiq qilish bilan bog‘liq xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining iqtidorli yoshlar bilan o‘tkazilgan doimiy yig‘ilishlarida, adabiyotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ushrachuvlarida, proza janriga oid seminarlarda muntazam ravishda foydalanilib kelindi (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 5 iyundagi 44-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda yozuvchilarning romanlaridagi mahorat va badiiy izlanishlari haqidagi fikrlari muhim amaliy omil sifatida qayd qilingan.
1970-2000 yillar qoraqalpoq romani badiiy tarkibida lirik, liriko-psixologik va psixologik xususiyatlarning ahamiyatiga bog‘liq xulosalari qoraqalpoq yozuvchilarining asarlari bo‘yicha ko‘rgazma va ekskurs darslarini o‘tishda va ilmiy-nazariy anjumanlarda ma’ruza shaklida targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 2-04/747 sonli ma’lumotnomasi). Shu xulosalar natijasida kitobxonlarda mashhur qoraqalpoq yozuvchilari  asarlarining o‘ziga xosligi va indvidual uslubiga oid fikr-mulohozalarni shakllantirishga asos bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish