AxmadjonAdiljanovich Abdujabbarovning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksial-simmetrik kompakt gravitatsion ob’ektlar atrofidagi zarrachalar va elektromagnit maydonlar», 01.03.01–astronomiya  va 01.04.02–nazariy fizika (fizika-matematika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: fizika-matematika fanlari nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.FM31.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yadro fizikasi instituti va Astronomiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi 14.07.2016.FM.01.05 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.

Ilmiy maslahatchi: Axmedov Bobomurat Juraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Musaxanov Mirzayusuf Mirzamaxmudovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Turakulov Zafar Yalkinovich, fizika-matematika fanlari doktori; Abishev Medeu Erjanovich, fizika-matematika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Fizika instituti (Chexiya Respublikasi Opava shahri).

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: qora o‘ralar soyalarini tavsiflovchi nazariy formalizm tuzish va aylanuvchi qora o‘ralar atrofida yuqori energetik jarayonlarning fizik qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor qora o‘ralar soyalar shaklini tavsiflashda koordinataga bog‘liq bo‘lmagan yangi formalizm tuzilgan, bunda aylanuvchi qora o‘ralarning soyalarini 0,1% aniqlik bilan tavsiflash uchun qator polinomi koeffisientlarining dastlabki beshtasi etarli ekani aniqlangan va soya shaklining siqilish parametrlari shovqin signaliga nisbatan turg‘unligi ko‘rsatilgan;

qora o‘ra soyasining o‘lchami elektromagnit nurlanishning plazma muhitida sinishi hisobiga kamayishi ko‘rsatilgan;

o‘ta yuqori energetik jarayonlarda yuqori samaradorlikka erishish uchun  hodisalar gorizontining bo‘lmasligi va gravitatsion ob’ektning kuchli aylanishi darkorligi ko‘rsatilgan;

zarralarning yuqori energiyalarga erishishi qo‘shimcha zaryadlangan zarralarga ta’sir etuvchi elektromagnit jarayonlarning hisobiga ro‘y berishi mumkinligi ko‘rsatilgan;

Xorjava modelida energiya ajralish mexanizmlari orasida Penrouz jarayoni orqali qora o‘radan energiya ajralib chiqishi haqiqatga yaqinroqligi ko‘rsatilgan, bundan tashqari Xorjava modeli qo‘shimchasining ta’siri zarrachalar cheksizlikkacha tezlashishining oldini olishi ko‘rsatilgan;

relyativ yulduzning elektromagnit energiya quvvatining yo‘qotishiga g‘alati yulduzning kompaktlik ta’siri muhim ekanligi ko‘rsatilgan;

umumiy nisbiylik nazariyasi doirasida g‘alati yulduz xuddi shunday aylanuvchi neytron yulduzga nisbatan ko‘proq energiya yo‘qotishi aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Kompakt gravitatsion ob’ektlar atrofida zarralar harakati va elektromagnit maydonlar uchun olingan ifoda va natijalar asosida:

Kexagias-Sfetsos ekstremal ochiq singulyarlik atrofida zarralarning yuqori energetik jarayonlari va ularning uzoqdagi kuzatuvchi tomonidan qayd etilishi bo‘yicha olingan xulosalar «Kompakt ob’ektlar relyativistik astrofizikasida xalqaro nazariy va kuzatuv tadqiqotlar tarmog‘i bilan integrallashuvni qo‘llab-quvvatlash» (Evropa Ittifoqi va Chexiya Respublikasining davlat byudjeti tizimli fondlari tomonidan moliyalashtirilgan va CZ.1.07/2.3.00/20.0071 raqami bilan qayd etilgan, 2010–2014) dasturi doirasida ochiq singulyarlik atrofida akkresion disklarni modellashtirishda ishlatilgan (Opavadagi Sileziya universitetining 2015 yil 23 apreldagi ma’lumotnomasi). Ushbu modellashtirish natijasida galaktikalar markazida paydo bo‘luvchi relyativ djetlarning tabiatini tushuntirishga erishilgan;

qora o‘ralarning soyalari va ularga plazma muxitining ta’siri Dexli markaziy universiteti (Hindiston) Nazariy fizika markazida olib boriluvchi ilmiy loyihalar doirasida kompakt gravitatsion ob’ektlar atrofida fotonlarning harakatini hisoblashda foydalanilgan (Dehli markaziy universitetining 2016 yil 20 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu hisoblashlar natijasida Born-Infel`d gravitatsiya nazariyasi doirasida olingan qora o‘ralarning soyalarini hisoblash imkonini berdi;

Neytron yulduzlari sekinlashishining uning atrofidagi magnitosferasi va ularning kompaktlik parametriga bog‘liqligini ifodalovchi ifodalar Hindistonning Puna shahridagi Universitetlararo astronomiya va astrofizika markazida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda neytron yulduzlar magnitosferasini modellashtirishda joriy qilingan (Universitetlararo astronomiya va astrofizika markazining 2016 yil 21 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu modellashtirish va hisoblashlar natijasida neytron yulduzlar sirtidagi magnit maydon qiymatini aniqlash imkonini berdi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish