Mahmudov Alisher Yo‘ldoshevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G.E.Lessing ijodida Sharq va G‘arb voqeligining tavsifi (qiyos va tarjima)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil403.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Muhammad Nurqosimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. PhD.03/30.12.2019.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Saidov Sano Saidovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi G.E.Lessing ijodida Sharq va G‘arb voqeligining mushtarakligi, diniy bag‘rikenglik (tolerantlik) tamoyillarining yoritilishini Evropa ma’rifatparvarlik davri adabiyoti konteksti orqali ochib berish, «Donishmand Natan» dramasida aks ettirilgan Sharq va G‘arb voqeligining ayrim jihatini asliyat va uning o‘zbek tilidagi bilvosita tarjimasi asosida tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XVIII asr Evropa va nemis ma’rifatparvarlik adabiyotida Sharq va G‘arbning ko‘p asrlik madaniyati va tarixining taraqqiy etish omillari shakllantirilgan;
G.E.Lessing asarlaridagi Sharq va G‘arb voqeligining o‘xshashligi, tafovutlari aniqlangan; Sharqdagi ma’naviy-ahloqiy kategoriyalar, millatlar madaniyati tarixi, islom sivilizatsiyasi va islomiy ta’limot mohiyati, dinlararo bag‘rikenglik, sharqona rivoyatlarga qiziqish, inson borlig‘i, shaxs ma’naviy qiyofasi, inson ijtimoiy qiyofasining o‘ziga xos xususiyatlari tasniflangan;
«Donishmand Natan» dramasi syujeti, «Uch uzuk haqidagi rivoyat» va uning tarixiy manbalarini aniqlash orqali Sharq tamadduni, diniy bag‘rikenglik (tolerantlik) g‘oyalari qiyosiy aspektda dalillangan;
drama tahlili orqali asliyat va vositachi til tarjimasi muqoyasa qilingan, tarjimaning yutuq va kamchiliklari ko‘rsatib berilgan;
tarjimada turli dinga mansub xarakterlar dunyosi, sharqona tasvir va ifodalar orqali drama bosh g‘oyasining ochib berilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G.E.Lessing ijodida Sharq va G‘arb voqeligining tavsifi masalasini jahon va milliy badiiy tafakkuri kontekstida tipologik uslubda tadqiq etish, adabiyotshunoslik nazariyasi ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
Sharq va G‘arb sivilizatsiyalari o‘rtasidagi aloqadorlikni ifodalashga oid xulosalardan OT-F8-002 raqamli «Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 apreldagi 89-03-1512-son ma’lumotnomasi). Natijada G.E.Lessing asarlaridagi inson borlig‘i, shaxs ma’naviy qiyofasi haqidagi mulohazalar inson ijtimoiy qiyofasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va bu haqdagi fikrlar taraqqiyotini ifodalashga xizmat qilgan;
nemis va o‘zbek adabiy aloqalari taraqqiyotini tadqiq etish davomida olingan natijalardan Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan respublika bo‘yicha nemis tili o‘qituvchilarining an’anaviy konferensiyasida foydalanilgan (DAAD Axborot markazining 2019 yil 20 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada XVIII asrda Evropa adabiyoti vakillarining bag‘rikenglik tamoyillari borasidagi fikrlari seminar materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
G.E.Lessingning millat madaniyati tarixi, xalqning intellektual bilim darajasini oshirish borasidagi qarashlarga oid xulosalardan OT-F8-211 raqamli «XXI asr O‘zbekiston madaniyati tarixi» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 apreldagi 89-03-1512-son ma’lumotnomasi). Natijada G.E.Lessing ijodida ifodalangan Sharq madaniyati va tarixi asosida milliy tariximiz yutuqlari va taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish, Lessing tomonidan jahon tarixi ma’nosida ham diniy, ham madaniy omil tarzida yangicha qadr-qimmatga ega ekanligini ifodalash, g‘oyalar mushtarakligi asosida rivojini bayon etishda ma’lum darajada xizmat qilgan;
«Qashqadaryo» telekanalining «Axborot» dasturi, «Qashqadaryo» telekanalida tayyorlangan «Diyor» yangiliklar dasturi, Qashqadaryo viloyati «Oltin voha» radiosi orqali «Tilga e’tibor – elga e’tibor» eshittirishi doirasida Sharq va G‘arb mushtarakligiga oid xulosalardan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 15 martdagi 12-15-355-son ma’lumotnomasi). Teletomoshabin va radiotinglovchilarga Sharq va G‘arb voqeligining mushtarakligi, ma’rifatparvarlik adabiyoti, Lessing ijodi, asarlarining rus va o‘zbek tillaridagi tarjimalari haqida ma’lumotlar orqali teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar saviyasining oshirilishiga xizmat qilgan.