Kilichov Nazarbay Radjapbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qadimgi turkiy til leksikasi taraqqiyot tamoyillari (“Oltun yorug‘” misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil.685.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Rahmanov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: O‘rozboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Qurbaniyazov Gulmirza Allambergenovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. «Oltun yorug‘» leksik qatlamining mavzuviy- semantik guruhlarini asoslash va qadimgi turkiy tilning shakllanishi hamda taraqqiyotida o‘sha davr turkiy dialektlarining rolini o‘rganish, mazkur yodgorlikdagi lug‘aviy birliklarni tasniflash va ularning matndagi estetik vazifalarini hamda o‘zlashma qatlamga mansub so‘zlarning semantik tarkibini yoritish, “Oltun yorug‘”dagi har bir leksema davrning ma’naviy, madaniy va ijtimoiy hayotining in’ikosi ekanini tadqiq qilishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Oltun yorug‘” asarida qo‘llanilgan mavjud so‘zlarning tarixiy, semantik taraqqiyoti va mazkur so‘zlarning qadimgi turkiy tildagi ma’no ko‘lami ochib berilgan;
“Oltun yorug‘”dagi ot leksemalarning semantik tasnifi asosida qadimgi turkiy til hamda o‘zbek tili lug‘at tarkibiga oid leksik birliklarning ma’nosidagi farqli va mushtarak xususiyatlari asoslangan; 
“Oltun yorug‘” tilining qadimgi turkiy, jumladan, O‘rxun-Enasoy yodgorliklari leksik qatlamiga munosabati va ularning o‘zaro aloqadorligi dalillangan;
“Oltun yorug‘”dagi koyne hodisasining qadimgi turkiy til dialektlariga xos jihatlari tavsiflangan, uning aynan qadimgi turkiy til qonuniyatlaridan biri sifatidagi mohiyati ochilgan;
sanskrit, tibet, xitoy kabi tillardan o‘zlashgan so‘zlarning va terminlarning davr madaniy hayotini ifodalashdagi vazifalari yoritilgan;
“Oltun yorug‘”dagi ma’nodosh so‘zlarning turlari tasnifi, sinonimik qatorlarning semantik va matndagi estetik funksiyalari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Oltun yorug‘” asari leksikasini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi «2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorida belgilanganidek, «madaniy merosimizning hali ochilmagan boyliklari ommalashtirilishi»ga ma’lum darajada erishilgan hamda o‘zbek tili tarixining ilk davrlarini tadqiq etish va uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
qadimgi turkiy tilga xos leksik birliklar va turkiy tillarning leksik qatlamidagi umumturkiy so‘zlarning xususiyatlarini o‘rganishga doir muhim nazariy va amaliy xulosalardan 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-13229 «Qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 8 maydagi 17.01/61-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar olamning milliy manzarasida til birliklarining mohiyatan milliy o‘ziga xosligini asoslashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
qadimgi turkiy til leksikasini o‘rganishda “Oltun yorug‘” asari muhim manba ekanligi asar lug‘aviy tarkibidagi so‘zlarning tarixiy, semantik taraqqiyoti va mazkur leksemalarning qadimgi turkiy tildagi ma’no munosabatlarini, qadimgi turkiy til namunalari hamda o‘zbek tili lug‘at tarkibiga oid leksik birliklar doirasida farqli va mushtarak xususiyatlarini ilmiy tahlil qilish orqali asoslangan tadqiqot natijalaridan Berdaq Milliy muzeyida tilshunoslik masalalarining yoritilishi bo‘yicha foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 13 dekabrdagi №2-02/2414-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xalqimizning qadimgi turkiy til tarixini o‘rganish borasidagi ilmiy izlanishlar va xulosalar bilan tanishtirish imkoniyati yaratilgan;
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi tomonidan muntazam tashkil etib kelinadigan “Diyor” dasturi (QQR teleradikompaniyasining 25.07.2018 yildagi 896-son hamda 10.01.2017 yildagi 34-son ma’lumotnomalari) va 2018 yil 7 iyulda “O‘zbekiston – o‘z uyim” eshittirishlarida til tarixi va qadimgi turkiy til leksikasi tahliliga oid fikrlarini ommalashtirish yuzasidan qatnashib, xalqimizni o‘z tadqiqot ishidagi ilmiy natijalar bilan tanishtirib kelgan. Natijada xalqimizning turkiy tillar tarixi haqidagi tasavvurlarining yanada boyitishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish