Rasulov A’zamjon Avazjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqum fosforitlarini fosfat kislotali qayta ishlash asosida boyitilgan superfosfat va kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T429. 
Ilmiy rahbar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Shamshiddinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilqum fosforitlarini fosforkislotali qayta ishlash asosida boyitilgan superfosfat va konsentrlangan markadagi ammofosfat olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fosfat xomashyosiga fosforkislotali gipsli bo‘tqa (FKGB) bilan ishlov berilganda undagi fosforning o‘simlik o‘zlashtirmaydigan shakldan o‘zlashuvchan va suvda eruchvan shaklga o‘tishi aniqlangan;
FKGB dagi suyuq : qattiq va bo‘tqa : fosforit maqbul nisbatlari aniqlangan bo‘lib, bunda boyitilgan superfosfat nisbiy shakli 50% dan kam bo‘lmagan suvda eruvchan R2O5 tutishi asoslangan;
fosforit unini parchalashda fosfor va sul`fat kislotalari aralashmasi maqbul me’yorlari, undan tashqari SO3 : R2O5 maqbul nisbatlarida ammoniylashgan superfosfat ammoniy sul`fatfosfatga solishtirganda sezilarli ustunlikka ega ekanligi aniqlangan;
ammofosfatli o‘g‘itning sifatini yaxshilash va qo‘shimcha ravishda boyitilgan superfosfat olishga imkon beruvchi fosfat xom ashyosini kislotali parchalash mahsulotlarini ajratish sharoitlari asoslangan;
karbonatli fosforitlarni fosforkislotali qayta ishlash yo‘li bilan boyitilgan superfosfat va konsentrlangan ammofosfat olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qizilqum fosforitlarini fosforkislotali qayta ishlash asosida boyitilgan superfosfat va kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuvib quritilgan konsentratni fosforkislotali bo‘tqa bilan faollashtirish yo‘li bilan boyitilgan superfosfat olish texnologiyasi «Ammofos-Maxam» AJning istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («Ammofos-Maxam» AJning 2020 yil 1 iyundagi 923/S-son ma’lumotnomasi). Natijada fosfogips hajmini sezilarli kamaytirish va qishloq xo‘jaligida kuzgi shudgorda qo‘llash uchun birlamchi fosforli o‘g‘it bilan ta’minlash imkonini bergan;
fosforkislotali qayta ishlash asosida ammofosfatli o‘g‘it olish texnologiyasi «Ammofos-Maxam» AJning istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («Ammofos-Maxam» AJning 2020 yil 1 iyundagi 923/S-son ma’lumotnomasi). Natijada agrokimyoviy samaradorligi bo‘yicha an’anaviy fosforli o‘g‘itlardan qolishmaydigan fosforli o‘g‘itlar assortimentini kengaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish