Mamatova Gulshan Amankulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarda adabiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1110.
Ilmiy rahbar: Matchonov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbektili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Farida Oktamovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarda adabiy tushunchalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida adabiy tushunchalar shakllanishining diagnostik tizimi o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlik faoliyatini fanni o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning adabiy tushunchalariga doir bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini sinflar kesimida shakllantirish bosqichlari evristik, produktiv faoliyatli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida adabiy tushunchalarni shakllantirish mexanizmi badiiy-estetik tafakkurni rivojlantirishning ta’limiy-didaktik imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida adabiy tushunchalarni shakllantirish darajalari va bosqichlarini Xalqaro baholash dasturlariga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarda adabiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarda adabiy tushunchalarni shakllantirishga oid taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi 89-03-3814-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar asosida ta’lim mazmuni takomillashtirilgan, bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajasining o‘sishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarda adabiy tushunchalarni shakllantirishga oid tayanch va fanga oid kompetensiyalar tizimi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari va o‘quv dasturlari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi 89-03-3814-son ma’lumotnomasi). Mazkur kompetensiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining adabiy tushunchalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarda adabiy tushunchalarni shakllantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot materiallaridan 2017-2018 yillarda bajarilgan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlarni o‘tkazishni takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-85-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida adabiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan.