Qosimov Usmonning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Adabiy estetik tafakkur tadriji: an’anaviylik, vorisiylik, o‘ziga xoslik. Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor va Tog‘ay Murod ijodi misolida», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Fil147.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy maslahatchi: Normatov  Umarali, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich,  filologiya fanlari doktori;  Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Xasanov Shavkat Axadovich,  filologiya  fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Adabiyot va estetik tafakkur tadriji o‘zlikni anglash va ma’naviy yuksalishning ham muhim omili ekanligini Navoiy an’analari, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor va Tog‘ay Murodning estetik qarashlari misolida yoritish; Adiblarning estetik qarashlari shakllanishi va takomilidagi hayotiy va ma’naviy-ruhiy ildiz, manbalarni ularning o‘ziga xos iste’dod xarakteri, badiiy ijodi va etuk asarlari yaratilishi bilan uzviy bog‘liklikda o‘rganish, ularning o‘z davri va bugungi badiiy-estetik tafakkur rivojidagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qodiriy, Qahhor va Tog‘ay Murod adabiy-estetik qarashlari yaxlit konseptual tizim shaklida umumlashtirilib, badiiy ijodi bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganilgan, adabiy-tanqidiy  va estetik tafakkur rivojidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan;
Navoiy davrida ilmi badea, ilmi naqd ham rivojlangani va u jahon adabiy-estetik tafakkuri tadrijida yuksak bosqich ekanligini ko‘rsatish orqali “o‘zbek tanqid va adabiyotshunosligi Oktyabr` inqilobidan keyin paydo bo‘ldi” degan qarashlarning asossizligi isbotlangan; 
1960-1990-yillardagi Adabiyot, Adabiyot nazariyasi va Adabiy tanqid darsliklaridagi marksizm-leninizm ta’limoti haqidagi noob’ektiv ta’r iflar va  g‘ayriilmiy qarashlar tanqidiy baholangan;
Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor va Tog‘ay Murodlar ma’naviy-ruhiy oziqlangan va ilhomlangan mumtoz adabiy, diniy  meros va Navoiy estetik ta’limotiga nigilistik qarashlar mustabid tuzum va mash’um siyosat oqibati ekanligi dalillangan;
Qodiriy “romanlari Oktyabr’ revolyusiyasi samarasi” degan qarashlar asossizligi tarixiy-ilmiy jihatdan dalillangan; Bu romanlar “tabiatan tug‘ma epik yozuvchi”ning (Oybek) noyob iste’dodi, o‘tmish voqealarini teran badiiy mushohada etish va haqqoniy tasvirlash mahorati mahsuli, muallif “sub’ektiv-ichki faoliyati natijasi" ekanligi ijod jarayoni, estetik qarashlari va adib e’tiroflari asosida isbotlangan; 
Qahhor asarlari g‘oyaviy-badiiy saviyasi, ijodiy evolyusiyasi va adabiyot mohiyatini anglashdagi ilk va yuksalish bosqichlari (86 hikoyasidan 60 tasini to‘plamlariga kiritmagani sababi) ham adib estetik qarashlari takomili va badiiy mahoratining o‘zaro mutanosibligi bilan izohlangan;
So‘nggi 60 yil davomida Abdulla Qahhor asarlari nashrlarining birontasiga ham kiritilmagan va ommaga deyarli ma’lum bo‘lmagan ayrim asarlari va xat-yozishmalari ham adabiy jarayon kontekstida o‘rganilgan va ular ilmiy istifodaga olib kirilgan; 
Abdulla Qahhor uy-muzeyi arxividagi asarlar, yon daftarlar va maktublar adib adabiy merosining uzviy qismi ekanligi va ularning adabiyotimizdagi muhim o‘rni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qodiriy, Qahhor va Tog‘ay Murodning badiiy-estetik qarashlari va adabiy jarayon muammosini muhim adabiy-estetik kategoriya sifatida o‘rganish, adiblar ijodi va estetik qarashlarining tarixiy, g‘oyaviy-ruhiy omillarini aniqlash, estetik aqidalarning ijtimoiylashuvi, badiiy asarlarda zuhurlanishi jihatidan o‘rganish asosida amaliyotga tadbiq etishga erishilgan;
Qodiriy, Qahhor va Tog‘ay Murod ijodini jahon adabiyoti kontekstida o‘rganish bo‘yicha xulosalaridan F-1-FQ-055213 shifrli “Abdulla Qahhor dastxat-qo‘lyozmalari asosida asarlarining ilmiy-qiyosiy matnlarini tayyorlash va nashrga hozirlash” fundamental tadqiqot granti bo‘yicha bajarilgan “Abdulla Qahhor: shaxs va ijodkor” tadqiqotida foydalinlgan va uning mazmun saviyasi oshirilgan; 
“O‘zbek adabiy tanqidi” Antologiyasida va A-1-059 shifrli amaliy loyiha bo‘yicha “Abdulla Qahhor istiqlol adabiyotshunosligi ko‘zgusida” asarlarida foydalanilgan va ular mazmuni boyitilgan; (Madaniyat vazirligi va A.Qahhor Uy-muzeyi №01-12-10-1028 sonli ma’lumotnomalari);
Tadqiqot natijalaridan Jizzax davlat pedagogika instituti “O‘zbek tili  va  adabiyoti” yo‘nalishida Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor va Tog‘ay Murod ijodi bo‘yicha magistrlik va Bitiruv malakaviy ishlarida foydalan ilgan va ushbu ishlar mazmuni kengaygan; O‘zbek adabiyoti, Adabiy tanqid va Adabiyot nazariyasi fanlarini o‘rganishda manba sifatida foydalanilgan;
Jizzax shahri va Sh.Rashidov, Paxtakor va Do‘stlik tumanlaridagi №4, 6,10,19,5,8,10,16,21, 29-umumta’lim maktablarida, viloyat kutubxonasi, institut qoshidagi Akademik lisey, “Hamid Olimjon va Zulfiya ijodiy maktabi” va “Umid” liseyida o‘tkazilgan ilmiy-adabiy anjumanlarda foydalanilgan, yoshlarning adabiyot va estetik tafakkur bo‘yicha bilim saviyasini kengaytirishga yordam bergani e’tirof etilgan; (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining №89-03-688 sonli va Jizzax DPI 8.01.2020 yil ma’lumotnomalari);
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Jizzax viloyati teleradio kompaniyasining “Mashhur shoir va yozuvchilar ijodi”, “Kitobxonlik madaniyati”, “Abadiy qo‘shiq”, “Til borki-millat barhayot” ko‘rsatuvlari dasturi, ssenariylari mazmun-saviyasi yangi ilmiy-adabiy manbalar bilan boyitilgani e’tirof etilgan; (O‘z.Milliy TRKning №02-10-475 sonli va №1247-51 sonli ma’lumotnomalari); 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017-2019 yillardagi FZ-2016-0915132102 shifrli “Sharq renessansi davri allomalari va mutafakkirlari asarlarining ilmiy-falsafiy va badiiy-lingvistik tadqiqi” loyihasi doirasida, Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati “Sangzor mavjlari” ijodiy markazida foydalanilgan va tinglovchilar bilimi kengayishiga erishilgan; (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining №01-03-06/223 sonli ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish