Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Ped86
Ilmiy maslahatchi: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbektili va adabiyoti universiteti, DSc. 03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohida Jaloliddinovna pedagogika fanlari doktori, professor; Muhitdinova Xadicha Sobirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Safo Matchonov, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinfona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari integrativ tizim: fanlararo bog‘liqlik, sub’ektlar integratsiyasi: o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ta’limiy muhitning tashkilotchisi, boshqaruvchisi va ishtirokchisi sifatida hamda korporativ (sinf jamoasi) boshqaruv komponentlari asoslangan;
boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish jarayonini tashkil etish va boshqarish funksiyalari: “axborot-tahlil”, “nazorat-tashxis”, “maqsadli-motivlashtirish”da sub’ekt-sub’ekt munosabatlari tayanch kompetensiyalar asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida o‘quvchilar ijodiy faoliyatini loyihalashtirish modeli pragmatik ta’lim usuli hamda ta’lim jarayonini loyihalash tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida o‘quvchilar ijodiy faoliyatni loyihalashtirishning tayanch kompetensiya (refleksiv, kognitiv, ma’rifiy, kommunikativ, ijtimoiy)lari o‘quvchilarning psixolingvistik qobiliyatlarini til va tafakkurning o‘zaro dialektik bog‘liqligini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinfona tili ta’limida grammatik tushunchalarni modellashtirish va algoritmik mashqlarning metodik imkoniyatlarini kengaytirishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini loyihalashtirishning tayanch kompetensiya (refleksiv, kognitiv, ma’rifiy, kommunikativ, ijtimoiy)lari til va tafakkurning o‘zaro dialektik bog‘liqligi asosida modellashtirilgan grammatik tushunchalar ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan hamda A1-XT-19701. “O‘quvchilarning o‘quv-biluv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vaziyatlarni loyihalash mexanizmlari” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 11.01.2019 yil 89-03-160-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish kreativ tafakkurini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish“ART” (vizual, kinestik), “Kouching”(muammoli vaziyatlarni hal etish), “Fallstudy”(aniq vaziyatlar tahlili) metodlari asosida takomillashtirilgan va ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan va F1-XT-1-31247. “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 11.01.2019 yil 89-03-160-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga erishilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning bilish faolligini rivojlantirish, o‘quv topshiriqlarining nostandart echimlarini izlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ijodiy faoliyatni tashxislash mexanizmi ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 11.01.2019 yil 89-03-160-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning integrallashgan metodik ta’minotidan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirishning dinamik modeli o‘quv topshiriqlarning nostandart echimlari o‘quvchilar motivatsiyasini oshirishga qaratilgan “Sinektika”, “VARK” interfaol metodlari til hodisalarining amaliy ahamiyatini kvalitologik baholash tizimi amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 11.01.2019 yil 89-03-160-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning grammatik bilimlarini baholash imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari va tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan natijador o‘qitish metod va texnologiyalarga oid taklif hamda tavsiyalar ona tili fanini o‘qitish jarayoniga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 11.01.2019 yil 89-03-160-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf ona tili ta’limining samaradorligi oshdi hamda o‘quvchilarining faolligi rivojlantirilgan.