Sagdullaev Iskandar Islamovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postnatal ontogenezda buyrak usti bezi po‘stloq qismining funksional morfologiyasi», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1PhD/Tib738.
Ilmiy rahbar: [Yuldashev Akrom Yuldashevich], tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/29.12. 2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadriddinov Asomiddin Fayazovich, tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: erta postnatal ontogenezda tabiiy va sun’iy oziqlantirishda buyrak usti bezi po‘stloq qismining shakllanishidagi tuzilmaviy va morfometrik o‘ziga xosliklarin baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yosh dinamikasida (tug‘ilgandan boshlab balog‘at davrigacha) tabiiy oziqlantirishda buyrak usti bezi po‘stloq qismi sohalarida tuzilmaviy va morfometrik o‘zgarishlar kuzatilishi qonuniyatlari asoslangan;
erta postnatal ontogenenzda a’zoning tuzilmaviy-funksional sohalari, uning gipotrofiyasi bilan namoyon bo‘lgan tabbiy oziqlantirishda buyrak usti bezi sohalarining morfologik o‘ziga xosliklari isbotlangan;
erta postnatal ontogenenzda a’zoning tuzilmaviy-funksional sohalari, uning gipotrofiyasi bilan namoyon bo‘lgan sun’iy oziqlantirishda buyrak usti bezi sohalarining morfometrik va morfologik o‘ziga xosliklari ilk bor yosh dinamikasida isbotlangan;
tabiiy va sun’iy oziqlantirishda qiyosiy xolda tana og‘irligi, buyrak usti bezi, buyraklar va ingichka ichaklarni o‘zaro munosabati, evolyusion yuzaga kelgan o‘zaro munosabatlarning buzilishiga salbiy ta’sir mexanizmlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Postnatal ontogenezda buyrak usti bezi po‘stloq qismining funksional morfologiyasini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tajriba sharoitida tabbiy va sun’iy oziqlantirish usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 8n-d/307-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada postnatal ontogenezda tabbiy va sun’iy oziqlantirishda buyrak usti bezi, po‘stloq qismi sohalari va mag‘iz modda morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishining xos xususiyatlari o‘z vaqtida samarali davolash tartibini tizimli tashkillashtirish imkonini bergan;
Postnatal ontogenezda buyrak usti bezi po‘stloq qismining funksional morfologiyasini baholashning o‘ziga xos xususiyatlarini morfologik tashxislash va davolash tartibini takomillashtirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi Oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy tadqiqot labaratoriyasi va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti markaziy tadqiqot laboratoriyasi fundamental tadqiqot laboratoriyasiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 iyundagi 8n-z/49-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi postnatal ontogenzda buyrak usti bezi po‘stloq qismi o‘zgarishlarini erta tashxislash, bashoratlash va samarali davolash, bemorlar hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni, nogironlikni va davolanish muddatlarini kamaytirish, buyrak usti bezi faolyaitida o‘zgarishlarni samarali tiklashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni joriy qilish imkonini bergan.