Orifov Saloxiddinxon Sayfuddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akustik jarohatdan keyingi o‘tkir neyrosensor eshitish zaiflashuvini tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib847.
Ilmiy rahbar: Mamatova Taliyaxon Shukurovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Chernushevich Igor` Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, (Rossiya Federatsiyasi); Shayxova Xolida Erkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Astana tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eshituv analizatori turli qismlarining funksional holatini o‘rgangan holda, davolash vositalarini differensial qo‘llash asosida, akustik jarohatdan keyingi o‘tkir neyrosensor eshitish qobiliyati zaiflashuvi diagnostikasi va kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p komponentli shovqinlar ta’sirida, yuqori chastotalar bilan birgalikda, past va o‘rta chastotalarda eshitish bo‘sag‘asining oshishi aniqlangan;
ilk bor, kasallikning klinik belgilari yaqqol namoyon bo‘lmagan holatlarda audiogramma chizig‘ining 12000 va 16000 Gs chastotalardagi ko‘rsatkichlarning tishsimon shaklda pasayishi aniqlangan; 
eshitish mo‘’tadil darajada zaiflashgan bemorlarda kechiktirilgan chaqirilgan otoakustik emissiyaning nazorat guruhiga nisbatan past ko‘rsatkichlarda qayd etilmasligi aniqlangan;
qisqa latentli chaqirilgan eshitish potensiallari ko‘rsatkichlarini tahlil etish asosida akustik jarohatdan keyingi o‘tkir neyrosensor eshitish zaiflashuvida eshitish analizatorining chekka qismidagi neyronlar faolligi pasayishi isbotlangan;
akustik jarohatdan keyingi o‘tkir neyrosensor eshitish zaiflashuvida uzun latentli chaqirilgan eshitish potensiallari ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida eshitish analizatorining markaziy qismidagi neyronlar faolligi pasayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akustik jarohatdan keyingi o‘tkir neyrosensor eshitish zaiflashuvini tashxislash va davolashning samaradorligini har tomonlama baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Akustik jarohatdan keyingi o‘tkir neyrosensor eshitish zaiflashuvini tashxislash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 08 noyabrdagi № 8n-r/473-son xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma akustik jarohatdan keyingi o‘tkir neyrosensor eshitish zaiflashuvini kompleks tashxislashni takomillashtirish, tashxislashni erta o‘tkazish va eshitish analizatorining barcha qismlari holatini baholash imkonini bergan;
“Akustik jarohatdan keyingi o‘tkir neyrosensor eshitish zaiflashuvini davolashni optimallashtirish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 08 noyabrdagi № 8n-r/474-son xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma akustik jarohatdan keyingi o‘tkir neyrosensor eshitish zaiflashuvini davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
Akustik jarohatdan keyingi o‘tkir neyrosensor eshitish zaiflashuvini tashxislash va davolash samaradorligini har tomonlama oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari va tadqiqotga asoslangan ishlanmalar Sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga tatbiq qilindi, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi LOR-poliklinikasi, "Profmedservis", "Silver medservis" klinikalarida amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 09 iyundagi 8n-z/44-son xulosasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi akustik jarohatdan keyingi o‘tkir neyrosensor eshitish zaiflashuvi aniqlangan bemorlarni tashxislash sifatini yaxshilash, uning aniqligi va samaradorligini oshirish, asoratlar va takrorlanish chastotasi xavfini kamaytirish, umumiy davolash va reabilitatsiya davomiyligini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish