Ruzmatova Dilfuza Mirzabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda salomatlik determinantlariga ko‘ra kardiomiopatiyalarning klinik-funksional xususiyatlari»,14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib560.
Ilmiy rahbar: Axmedova Dilorom Ilxamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc 04/30.12.2019.Tib. 29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori;, professor; Shamsiev Fazliddin Sayfievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: salomatlik determinantiga ko‘ra, bolalarda kardiomiopatiyalarni klinik-funksional xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda kardiomiopatiyalar rivojlanishi, klinik-funksional ko‘rsatkichlari va bashoratlashni asoslaydigan ustuvor salomatlik determinantlari (ekologik va tibbiy-biologik omillari, shu jumladan kech va asoratli xomiladorlik, yaqin qarindoshlik nikohi va irsiy moyillik) aniqlangan; 
DKMP va norevmatik karditli bolalarda surunkali yurak etishmovchiligi shakllanishi, tashhislash, differensirlangan tashxislash, xamda bashoratlashning klinik va exografik mezonlari aniqlangan;
ilk bor dilatatsiyali kardiomiopatiyali va norevmatik miokarditli bolalarda surunkali yurak etishmovchiligini erta tashhislash va bashoratlashda qon zardobidagi miya natriyuretrik peptidning N-yakuniy fragmenti (NT-proBNP) va MV kreatinkinaza miqdorlari o‘zgarishiga bog‘liqligi aniqlangan; 
salomatlik determinantiga ko‘ra, dilatatsiyali kardiomiopatiyali va norevmatik miokarditni bolalarda kasallikni og‘irlik darajasini (yurak etishmovchiligi, yurak bo‘shliqlarida tromboemboliya) aniqlash va tashhislash taktikasini tanlash imkonini beruvchi matematik dastur ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bolalarda salomatlik determinantlariga ko‘ra kardiomiopatiyalarning klinik-funksional xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
«Tibbiy-biologik rivojlanish omillariga bog‘liq bolalardagi dilatatsiyali kardiomiopatiyalarning klinik-exokardiografik xususiyat-lari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2019 yil 13 iyundagi 8n-d/240-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda tibbiy-biologik omillarga bog‘liq DKMPni erta tashhislash va bashoratlash, xamda o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlashga va kasallik asoratlarini oldini olishga xizmat qilgan;
«Bolalarda dilatatsiyali kardiomiopatiya va miokarditlarning exokardiografik va biokimyoviy xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 8n-d/241-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma exokardiografik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida DKMP va norevmatik miokarditlarni tashxislash, og‘irlik darajasini erta aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
salomatlik determinantiga ko‘ra, bolalarda kardiomiopatiyalarni klinik-funksional xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Sirdaryo viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 8n-z/36-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tashxislash va davolash samaradorligini oshirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirish hamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish