Usmonov Farrux Maxamadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Optimizatsiya diagnostiki i metodov vosstanovleniya peredney krestoobraznoy svyazki» («Oldingi butsimon bog‘lam diagnostikasi va tiklash usullarini optimallashtirish»), 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib1053.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Xakimov Ravshan Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oldingi butsimon bog‘lami uzilgan bemorlarda diagnostikani optimallashtirish va yangi jarrohlik usulini ishlab chiqish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizza bo‘g‘imi oldingi butsimon bog‘lami uzilishida uning ikkala tutami o‘rnini to‘ldiruvchi sintetik lavsan implant yordamida tiklash usuli ishlab chiqilgan xamda uning sagittal va rotatsion nostabilliklarini bartaraf etishi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi oldingi butsimon bog‘lami uzilishida uning katta boldir suyagiga birikish uzunligi va son do‘nglararo masofasi ko‘rsatkichlari asosida yakka yoki qo‘sh tutamli tiklash usulini tanlash imkoniyatini beruvchi diagnostika va davolash taktikasi takomillashtirilgan;
3D-rejimli MRT tekshiruvining sagittal proeksiyasida skanlash qadamining 0,7 mmgacha kichiklashtirilishi tizza bo‘g‘imi oldingi butsimon bog‘lami qisman uzilishlarini tasdiqlashi isbotlangan;
oldingi butsimon bog‘lam tutamlaridan birining uzilishlarini augmentatsiya usuli yordamida autotransplantat bilan tiklash tizza bo‘g‘imini tiklanish muddatining qisqarishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oldingi butsimon bog‘lam diagnostikasi va tiklash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Oldingi butsimon bog‘lam qo‘sh tutamli lavsanoplastikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 noyabrdagi 8n-d/291-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar oldingi butsimon bog‘lamni tiklashda sagittal va rotatsion nostabilliklar bartaraf bo‘lishi hisobiga natijalarning yaxshilanishi imkonini bergan;
«Oldingi butsimon bog‘lam qisman uzilishlarda augmentatsiya» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 noyabrdagi 8n-d/291-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar MRT ma’lumotlari asosida aniqlangan OBBning qisman uzilishi augmentatsiya usuliga ko‘rsatma bo‘lib, saqlab qolingan tutam va qo‘yilgan autotransplantat hisobiga tizza bo‘g‘imi funksiyasining nisbatan tez tiklanishiga olib kelishini isbotlash imkonini bergan;
«Tizza bo‘g‘imining oldingi butsimon bog‘lamini plastika usuli» foydali modeli tasdiqlangan (Intellektual mulk agentligi patenti № FAP 01453, 23.12.2019). Olingan natijalar tizza bo‘g‘imi turg‘unligini ta’minlashga imkon bergan;
Tizza bo‘g‘imi oldingi butsimon bog‘lam uzilishlari diagnostikasi va davolash taktikasini joriy qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialida, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amaliy faoliyatga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 noyabrdagi 8n-d/291-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan diagnostika va davolash usullarining tadbiq qilinishi OBB uzilgan bemorlarda davolash natijalari yaxshilanishiga, jumladan TB nostabilligini bartaraf etilishi va funksiyasining 87,9% gacha yaxshilanishiga olib kelgan.