Dumaeva Zuxra Nasirdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli yoshdagi kalamushlarda jigarning gomeostaz faoliyatiga gipokeneziya va gamma nurlarining ta’siri», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/B138.
Ilmiy rahbar: Qodirov Shokir Qodirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev G‘ofurjon Raximjanovich, biologiya fanlari doktori; Xamraqulov Sharif Xoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental gipokineziya sharoiti va γ-nurlanish ta’sirida turli xil yoshdagi tajriba kalamushlarning jigari fermentlari faolligi gomeostaziga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli xil yosh davrlaridagi (yosh, etuk va qari) kalamushlar jigari to‘qimasi va qondagi ayrim fermentlar faolligining eksperimental gipokineziya va γ-nurlanish sharoitida yoshga bog‘liq adaptatsiya mexanizmlari aniqlangan; eksperimental gipokineziya ta’sirida kalamush jigari to‘qimasi va ayniqsa, qonida amilaza fermenti faolligi va umumiy oqsillar miqdori ortishi aniqlangan;
gipokineziyaning 30 va 60 kunlarida lipaza fermenti faolligi sezilarli darajada ortishi qayd qilinib, shuningdek ushbu holat stress omil ta’siri sharoitida glyukokortikoidlar konsentratsiyasi ortishi, gormonning bevosita sekresiya mexanizmlarini stimulyasiyalashi va me’da sekresiyasini tormozlovchi mexanizmlar faolligini susaytirishi orqali kuchaytirishi ochib berilgan;
γ-nurlanishining dozasiga bog‘liq holda hazm fermentlari (amilaza, lipaza) sintezini va ularning qonga inkresiyalanishi jarayoni faolligini sezilarli darajada susaytirishi tavsiflangan;
eksperimental gipokineziya va γ-nurlanishning kompleks ta’sirida kalamush jigari to‘qimasi va qonida fermentlar faolligi keskin susayishi, gipokineziyada organizmning radiatsiyaga nisbatan spesifik javob reaksiyasini o‘zgartirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli yoshdagi kalamushlarda jigarning faoliyati gomeostaziga gipokineziya va γ-nurlanishning ta’sirini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eksperimental gipokineziya va gamma nurlanishning kompleks ta’sirida moddalar almashinuvining faolligi keskin susayishi natijasida stress ta’siriga organizmning chidamliligini kamayishi, yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi hamda skelet muskullarida sezilarli darajada o‘zgarishlari Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport bo‘limi boshqarmasida stress omillarining odam organizmiga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora tadbirlar kompleksini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Vazirligining 2019 yil 15 apreldagi 03-07-08-1423-son dalolatnomasi). Natijada sport o‘yinlarida sportchilarni xarakat samaradorligining axamiyati va jismoniy faolligini oshirish imkonini bergan;
eksperimental gipokineziya ta’sirida jigar to‘qimasi va qonda fermentlar faolligi keskin susayishi, gipokineziya organizmning radiatsiyaga nisbatan spesifik javob reaksiyasini o‘zgartirishi bo‘yicha ma’lumot va xulosalar asosida «5140100-biologiya», «5112000-jismoniy madaniyat», «5510200-pediatriya ishi» «5510100-davolash ishi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Hazm fiziologiyasi» o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Guvohnoma, №394-234). Natijada bakalavrlarning hazm fiziologiya sohasidagi bilimlarini boyitish va mustahkamlash imkonini bergan.