Karshibaev Jaxongir Xazratkulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Astragalus L. turkumi vakillarining Mirzacho‘l sharoitida reproduktiv strategiyasi va introduksiyasi», 06.03.03 – Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSs/V102.
Ilmiy maslahatchi: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich, biologiya fanlari doktori, professor; Sharipov Avez To‘ymurodovich, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Astragalus turkumi vakillarining Mirzacho‘l sharoitida reproduktiv strategiyalarini, ularning qurg‘oqchil sharoitga va stress omillarga moslashish yo‘llarini aniqlash hamda introduksion baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘t o‘simliklar reproduktiv strategiyasini aniqlashning asosiy ko‘rsatgichlari ishlab chiqilgan;
Astragalus turkumi 19 ta turining reproduktiv strategiyalari aniqlangan;
ilk bor qurg‘oqchil mintaqa sharoitida ushbu turlar ontogenezida polivariantlik mavjudligi va stress sharoitda generativ davrga kirishi tezlashishi isbotlangan hamda har bir tur doirasida qurg‘oqchil sharoitga morfobiologik moslanish yo‘llari mavjudligi aniqlangan;
astragallar senopopullyasiyasida hayotchan urug‘lar kriptopopulyasiya sifatida asosan tuproqning yuza (0 – 2 sm) qatlamida saqlanishi va bo‘lak - bo‘lak bo‘lib unib chiqishi isbotlangan hamda astragallar urug‘ni unib chiqishi va unib chiqqan naslning saqlanuvchanligi biotsenotik omillarga bevosita bog‘liqligi isbotlagan;
ko‘p yillik vegetativ harakatchan, vegetativ harakatchan emas va bir yillik astragal turlari populyasiyalarining urug‘dan tiklanish jarayoni piramidalari tuzilgan va unga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston florasi astragallarning 12 turi introduksion baholandi. Mirzacho‘lning sho‘r tuproqlarida o‘stirishga 50,0% astragallar - istiqbolli, 40,0% - kam istiqbolli va 10,0% - istiqbolsiz o‘simliklar ekanligi aniqlangan;
Mirzacho‘lning sho‘rlangan tuproq sharoitda o‘simlikni himoyalovchi-faollashtiruvchi vosita (ZSS-1b) hamda Mo va Mn mikroelementlar tuzlarining astragal urug‘lari unuvchanligiga ijobiy ta’siri va konsentratsiyalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Astragalus L. turkumi vakillarining Mirzacho‘l sharoitida reproduktiv strategiyasi va introduksiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
10 turdan ortiq istiqbolli dorivor astragallarning plantatsiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash buyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar Jizzax viloyati Xo‘jamushkent va Zomin o‘rmonchilik xo‘jaliklarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 18 maydagi 05/2-1347-son ma’lumotnomasi). Natijada ularning dastlabki onalik urug‘chilik plantatsiyalarini yaratish va urug‘chiligini yo‘lga quyish hamda o‘rmonchilik xo‘jaliklarida mablag‘ni tejab qolish imkonini bergan;
Mirzacho‘lda tarqalgan va yo‘qolish arafasiga kelib qolgan dorivor astragal tuplari senopopulyasiyalarining hozirgi holatiga oid ma’lumotlar Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 17 martdagi 01-03/1-604-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dorivor turlarning keskin kamayib ketishining biotik hamda antropogen sabablarini aniqlash hamda uni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Astragalus turlariga oid bioekologik ma’lumotlar F-5-10 raqamli “O‘zbekiston to‘qayzorlari o‘simliklarining xilma-xilligi va kelib chiqishini o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihasida turlarning fitotsenozlardagi o‘rni va bioxilma-xillikni saqlashda, adir va cho‘l yaylovlardagi astragallar senopopulyasiyalarida inqiroziy holatlarni mavjudligi, tuproqdagi hayotchan urug‘ zahirasining muntazam ravishda kamayib borayotganligi, urug‘ni unib chiqishi va unib chiqqan naslning saqlanuvchanligi bevosita biotsenotik omillarga bog‘liqligi, astragallar populyasiyalari inqirozida antropogen omillardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1127-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simliklar bioxilma-xilligini saqlash zarurligini ilmiy jihatdan asoslash imkonini bergan.