Yunusov Saloxiddinjon Adxamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bodringni ochiq maydonlarda etishtirishning innovatsion texnologik elementlarini ishlab chiqish va ilmiy asoslash”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Qx48.
Ilmiy rahbar: Zuev Vladimir Il`ich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Aramov Muzaffar Hashimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sanaev Sobir Toirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Ibragimov Maksud Yo‘ldoshevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ochiq maydonda yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli bodring navi namunalarini ajratish va yaratish hamda etishtirishning innovatsion texnologik elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor O‘zbekiston sharoitida ochiq maydonda O‘zbekiston va AQShda etishtirilgan bodring navi namunalari tezpisharligi, palagi ixchamligi, fuzarioz so‘lish va unshudring kasalliklariga chidamliligi, hosil miqdori va hosilning tovarbop sifatlari bo‘yicha baholangan, istiqbollilari ajratib olingan;
bodring seleksiyasi uchun birlamchi manba sifatida tezpishar, palagi ixcham, fuzarioz so‘lish va unshudringga chidamli, yuqori hosilli va kalta mevali namunalar ajratilgan;
yangi olingan liniyalardan seleksiya va nazorat ko‘chatchiligida namunalari kompleks baholangan;
keng tarqalgan o‘sishni boshqaruvchi moddalardan etrel, oksigumat va nitrolinni bodring o‘simligiga qo‘llash usullarining samaradorligi aniqlangan;
faollashtirilgan suv ta’siri, ul’trabinafsha nurlar, past chastotali elektrmagnit to‘lqinlar (PChEMT) bilan urug‘larni nurlantirish va o‘simlikni ul`trabinafsha nurlar bilan nurlantirish hamda o‘sishni boshqaruvchi moddalardan gumat natriy va roslin moddalarini qo‘llashning samaradorligi aniqlangan;
uzunpalak va kaltapalak bodring navlari uchun maqbul ekish sxemasi va o‘simlik qalinligi aniqlangan;
ochiq maydonda tik simbag‘az usulda etishtirishga moslashgan bodring nav namunalari ajratilgan va samaradorligi aniqlangan;
qovoqdosh o‘simliklarga payvandlab bodring etishtirishning maqbul usullari aniqlangan; 
payvandlash uchun payvantag turlari ajratilgan, payvandtag poyasining uzunligi va diametri hamda payvandustning yuqori tutuvchanligini ta’minlovchi maqbul mikroiqlim sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bodringni ochiq maydonlarda etishtirishning innovatsion texnologik elementlarini ishlab chiqish va ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Rekomendatsii po podboru visokoproduktivnix sortov i gibridov ogursa dlya Tashkentskoy oblasti» (2002), va «Pomidor va bodring ekinlarining o‘sishi va rivojlanishini avjlantirish bo‘yicha tavsiyanoma»lar ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 02/029-693 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
bodringning Gollandiyaning SXQ 3533 classicga duragayi (2007) va yangi “G‘olib” (2009), “Maftun” (2013), “Sevinch” (2020) navlari Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 02/029-693 son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur navlarni Respublikaning sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida etishtirish maydonlari kengaytirilgan. 
yangi G‘olib, Maftun va Sevinch bodringni navlari Andijon viloyati Marhamat tumani «Meroj» fermer xo‘jaligi, Andijon viloyati Asaka tumanidagi «Samaragrozovetservis» MChJ xo‘jaligida, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi «Istiqlol Shukurova G.N.», «Temirqadam Artikova Shoxista», «Zafarobod agro produkt» kabi fermer xo‘jaliklarida 11,5 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 02/029-693 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida standartga nisbatan 20-24% yuqori hosildorlikka erishilgan; 
bodringni maqbul ekish sxemalari ishlanmasi Andijon viloyati Marhamat tumani «Meroj» fermer xo‘jaligi, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi «Istiqlol Shukurova G.N.» fermer xo‘jaliklarida 4,5 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 02/029-693 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida nazoratga nisbatan 20-21% yuqori hosildorlikka erishilgan; 
ochiq maydonda tik simbag‘azda bodring etishtirish ishlanmasi Andijon viloyati Asaka tumani «Samaragrozovetservis» MChJ xo‘jaligida, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi «Xusanboy Bobur sabzavotchi», Toshkent viloyati Qibray tumanidagi «Istiqlol Shukurova G.N.», «Temirqadam Artikova Shoxista», «Zafarobod agro produkt» fermer xo‘jaliklarida 5,4 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 02/029-693 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida nazoratga nisbatan 24-28% yuqori hosildorlikka erishilgan; 
ochiq maydonda bodringni qovoqqa payvandlab etishtirish ishlanmasi Andijon viloyati Asaka tumani «Samaragrozovetservis» MChJ xo‘jaligida, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi «Xusanboy Bobur sabzavotchi», fermer xo‘jaliklarida 0,6 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 02/029-693 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida nazoratga nisbatan 24-25% yuqori hosildorlikka erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish