Abdullaeva Nilufar Sagdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda tarqalgan Dracocephalum L. turkumi turlarining geografiyasi, ekologiyasi va ahamiyati», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/B101.
Ilmiy rahbar: Hojimatov Olimjon Qahharovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Abduraimov Ozodbek Sultonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasida Dracocephalum L. turkumi tarkibini aniqlash, tarqalishi, ekologiyasi, ontogenezi va ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor D. diversifolium Rupr, D. nuratavicum Adylov turlarining tabiiy sharoitda biomorfologiya va ontogenezi asoslangan;
O‘zbekistonda tarqalgan Dracocephalum L. turkumi turlarining turli ekologik-fitotsenotik sharoitlarida 9 ta senotik populyasiyalari aniqlangan;
axborot tahliliga ega bo‘lgan “Dracocephalum L. turkumi turlarining ma’lumotlar bazasi” nomli elektron dasturli baza yaratilgan;
O‘zbekiston florasida tarqalgan D. diversifolium quruq er ustki qismi ekstrakti efir moyi tarkibidan 50 ta, benzin ekstraktidan 30 ta komponent, etil atsetatli ekstraktidan noyob flavonoid apigenin-7 va akatsetin 7-glikozidlari ajratib olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda tarqalgan Dracocephalum L. turkumi turlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
124 turga mansub 380 nusxadagi gerbariy namunalari va Dracocephalum turkumi turlarining kompleks tahlili bo‘yicha tayyorlangan elektron ma’lumotlar bazasi Botanika instituti milliy gerbariy (TASH) fondiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 3 apreldagi 4/1255-1021-son ma’lumotnomasi). Natijada namunalar gerbariy fondini va FLORUZ ma’lumotlar bazasini boyitish, turlar tarkibini aniqlashtirish va sistematik tahlil qilish imkonini bergan;
“O‘zbekiston florasidagi Dracocephalum L. turkumi turlari ma’lumotlar bazasi”dan Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat boshqarmasida kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarning populyasiyalarini aniqlashda va o‘simliklar kadastrini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 23 apreldagi 03-03/1-2084-son ma’lumotnomasi). Natijada turkum turlarining antropogen va biotik omillar ta’sirida kamayib borayotganligini aniqlash imkonini bergan;
Dracocephalum turkumi turlari ishtirok etgan o‘simlik jamoalari tasnifi Zomin milliy tabiat bog‘i, Zomin va Nurota davlat qo‘riqxonalarida turlarning populyasiyalarini aniqlash va o‘simliklar monitoringini o‘tkazishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 9 dekabrdagi 05/21-4238-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rmonlar o‘simlik qoplamida tarqalgan kamyob va yo‘qolib borayotgan Dracocephalum diversifolium Rupr, Dracocephalum nuratavicum Adylov va Dracocephalum scrobiculatum Regel turlarining ekologo-senotik xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.