Ismailova Zulfiya Abdupattaxovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erkaklar qon donorligida gematologik, bioximik, ferrokinetik o‘zgarishlar, gemopoetik mikroelementlarni xususiyatlari va dinamikasi», 14.00.29–Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD /Tib996.
Ilmiy maslahatchi: Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori; Xodjimetov Abdug‘ofur Axadovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi va faol qon donorlarida gemopoetik mikroelementlar-temir, mis, rux ko‘rsatkichlari va gematologik, biokimyoviy ferrokinetik ko‘rsatkichlarining dinamikasi hamda o‘ziga xosliklarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 15 yil ilgari qon topshirgan erkak donorlar qoni bilan xozirgi birlamchi erkak donorlar qonining gemopoetik mikroelementlar holatini qiyosiy tavsiflovchi ko‘rsatkichlari aniqlangan;
erkak donorlarning asosiy kontingentida gemopoetik mikroelementlar-temir, mis, rux ko‘rsatkichlari, donorlarning yoshi va gemoglobin holatiga karab aniqlangan;
erkak qon donorlarida gemopoetik mikroelementlar korrelyasiyasi va donatsiyalar o‘rtasida (donorlik staji bilan) o‘zaro bog‘liklik baholangan;
donorlarda temir etishmasligini erta aniqlash ferrokinetik testlarni qo‘llash samaradorligi va natijaviyligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Birlamchi va doimiy qon donorlarda nutrient ko‘rsatkichlarni baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Ferrokinetik monitoring usullari va donorlarda temir xolatini me’yoriy ko‘rsatkichlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5dekabridagi 8n-d/301-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma donorlar salomatligi, donorlik maydonida donorlarni saqlanishi, transfuziologiyada tayyorlanadigan donorlik qon xajmi, qon va uning komponentlariga bo‘lgan extiyojni qondirish va transfuziologik xizmatni samarali amalga oshirish imkonini bergan.
Ferrokinetik monitoring usullari va donorlarda temir xolatini meyo’riy kursatkichlari “Qon preparatlari” ilmiy ishlab chiqarish korxonasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi qon quyish stansiyasi hamda Toshkent viloyati qon quyish stansiyasida amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 8n-z/11-son ma’lumotnomasi). Natijada doimiy donorlarda nutrient muvozanatining buzilishini rivojlanish havfini samarali oldini olish va shu bilan ularni donorlik maydonida saqlanish imkonini bergan.