Kurbanov Baxtiyar Ibragimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlarni va reniy bo‘lgan texnologik mahsulotlarni qayta ishlash jarayonlarini tezkor neytron-radiatsion nazorat qilish uslublari”, 01.04.01 – Eksperimental fizikaning asboblari va usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T295. 
Ilmiy maslahatchi: Sadikov Ilxam Ismailovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Baxramov Sadulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Kulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Olimov  Kosim, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand  davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy  ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida oltin bo‘lgan sul`fid ma’danlarni va reniy bo‘lgan texnologik mahsulotlarni qayta ishlash jarayonlarini tezkor neytron-radiatsion nazorat qilish uslublarini ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
252Cf - radionuklid neytron manbai asosida eksperimental qurilma ishlab chiqilgan, neytronlar oqimini optimallashtirishga imkon beruvchi geometriya va konstruksion materiallar, yuqori (3÷10 MeV) va oraliq (0,5÷3 MeV) energiyali neytronlarni samarali sekinlatish tizimi tanlangan, neytronlarning radiatsion qamralishidagi gamma-nurlanish spektrometriyasining analitik imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beruvchi namunalarni nurlatish va gamma-nurlanishni o‘lchash rejimlari tanlangan; 
neytronlarning qamralishidagi gamma-nurlanish spektrometriyasini past energiyali sohasini (E < 3 MeV) qo‘llash yo‘li bilan tarkibida oltin bo‘lgan sul`fid ma’danlarida va ularning flotatsion boyitish texnologik mahsulotlarida, 10 daqiqa o‘lchash davomida ma’danlar va texnologik mahsulotlarda oltingugurt miqdori 0,3% dan 40% gacha, namlikning miqdori 0,2% dan 30% gacha bo‘lganda, nisbiy xatolik 10% dan oshmagan xolda, oltingugurt va namlik miqdorini tezkor aniqlash uslubiyati ishlab chiqilgan;
bir vaqtda namunalarni sekinlashtirilgan neytronlar oqimi bilan nurlatish, oltingugurt va vodorod yadrolarining neytronlar qamralishidagi gamma-nurlanish spektrometriyasiga asoslangan, tarkibida oltin bo‘lgan sul`fid ma’danlarini tezkor neytron-radiatsion nazorat qilish uslubi ishlab chiqilgan;  
neytronlarning qamralishidagi gamma-nurlanish spektrometriyasini qo‘llab, mis ishlab chiqarishidagi perrenat ammoniy olish jarayonida, texnologik maxsulotlarda reniyni 15 dakika davomida o‘lchashdagi aniqlash chegarasi 0,3% dan 10% gacha, nisbiy xatolik 10% dan oshmagan holda, sorbsion ustunlarning reniyga to‘yinganlik darajasini “on-line” aniqlash uslubi taklif etilgan;
ma’danlar va ularni qayta ishlash texnologik mahsulotlaridagi elementlar tarkibini neytron-radiatsion va neytron-aktivatsion tahlil qilish usullarini birgalikda qo‘llash uchun, 20 dakika davomida  qo‘shimcha quyidagi elementlarni 10% nisbiy xatolikkacha aniqlash imkonini beradigan (K-0,2%, Fe-0,4%, Ti-0,3%, Mn-0,2%, Sc-0,4%, Cu-0,2%) eksperimental qurilma va uni amalga oshirish uslubiyati ishlab chiqilgan;
neytronlarning radiatsion qamralishidagi gamma-nurlanish spektrometriyasi bo‘yicha to‘xtovsiz texnologik oqimlarda murakkab aralashmalar komponentlari konsentratsiyalarini tadqiq etilayotgan namunaning massasi yoki xajmi va zichligini o‘lchamasdan turib, aniqlash uslubi ishlab chiqilgan va u ammoniy sul`fati (NH4)2SO4 , ammiakli selitra (NH4NO3 ) va suv (H2O) dan iborat aralashma komponentlarini aniqlashda qo‘llanilgan, va ushbu komponentlar konsentratsiyasi empirik ravishda tuzilgan formula orqali hisoblangan;
neytronlarning radiatsion qamralishidagi gamma-nurlanish spektrometriyasi bo‘yicha murakkab tarkibli oqimlarda moddaning elementlar tarkibi «on-line» analizatori prinsipial sxemasi taklif etilgan, qurilmaning tajriba namunasi yasalgan va tezkor jarayonlardagi texnologik oqimlarda engil elementlarni (H, S, N, K) aniqlash uslubiyati ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlarni va reniy bo‘lgan texnologik mahsulotlarni qayta ishlash jarayonini tezkor neytron-radiatsion nazorat qilish uslublarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tarkibida oltin bo‘lgan sul`fidli ma’danlarni flotatsion boyitish texnologik jarayonidagi texnologik muhim elementlarni (oltingugurt) va namlikni tezkor nazorat qilish uchun ishlab chiqilgan uslubiyat va uni amalga oshirish uchun eksperimental qurilmasi Navoyi kon metallurgiyasi kombinati davlat korxonasining GMZ-1 Kon boshqarmasi ishlab chiqarishida, tarkibida oltin bo‘lgan sul`fid rudalarini qayta ishlash jarayonidagi texnologik muhim elementlarni tezkor nazorat qilish uchun qo‘llanilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasining 2018 yil 4 oktyabrdagi 1837-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi texnologik jarayonni boshqarishga, oltin rudalarini qayta ishlash xajmini sezilarli miqdorda oshirishga va oltinning ishlab chiqarish chiqindisiga chiqib ketishini kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan oltin rudalarini qayta ishlash texnologik jarayonini tezkor neytron-radiatsion nazorat qilish uslubi  Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasining GMZ-1 Kon boshqarmasi ishlab chiqarishida oltin rudalarini qayta ishlash jarayonini tezkor nazorat qilish va boshqarishda qo‘llanilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasining 2018 yil 4 oktyabrdagi 1837-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi tarkibida oltin bo‘lgan sul`fid rudalaridan oltinni ajratib olish samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
neytronlar oqimini optimallashtirish bo‘yicha olingan eksperimental natijalar va neytronlar qamralishidagi gamma-nurlanish bo‘yicha elementlar konsentratsiyasini aniqlash uchun ishlab chiqilgan uslubiyat FA-F14-F068 rakamli “O‘zFA YaFIning VVR-SM reaktorida neytron-qamralish terapiyasi usulini rivojlantirish uchun ilmiy –texnik baza yaratish” (2009-2011) amaliy loyihasini bajarishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2019 yil 5 iyuldagi 2/1255-1873-son xati). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi neytron-qamralish terapiyasi muammosini tadqiq qilish uchun laboratoriya eksperimental qurilmasini yaratish va neytronlarning radiatsion qamralishidagi gamma-nurlanish bo‘yicha elementlarni aniqlash imkonini bergan; 
neytron-radiatsion va neytron aktivatsion tahlil usullarini birgalikda qo‘llashda murakkab ob’ektlar elementlar tarkibini aniqlash uchun ishlab chiqilgan uslubiyat A-4.056 raqamli  “Kambag‘al rudalar va chiqindilardan nodir va qimmatbaho metallar ajratib olishning yuqori samaradorlikli uslublarini ishlab chiqish uchun neytron-aktivatsion tahlilni qo‘llash” (2006-2008) amaliy loyihasini bajarishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2019 yil 5 iyuldagi 2/1255-1873-son xati). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi rudalar va kon-metallurgiya korxonalari texnologik chiqindilarida nodir va qimmatbaho metallar elementlari guruhini tadqiq etish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish