Yarmatov Baxrom Xaydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Inson qoni transport oqsili bog‘lovchilik qobiliyatini baholashning radiokimyoviy usulini ishlab chiqish», 01.04.01 – Eksperimental fizikaning asboblari va usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1391.
Ilmiy rahbar: Kim Andrey Alekseevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Bozorov Erkin Xojievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nishonov Sherzodjon Jumanazarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot:O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: termik aktivlangan tritiy bilan nishonlangan izoniazid, etambutol, prednizolon, drotaverin va furosemid farmakologik preparatlardan foydalanib, inson qon oqsilining bog‘lovchilik qobiliyatini baholashning radiokimyoviy usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
izoniazid, etambutol va prednizolon farmakologik preparatlarini termik aktivlangan tritiy bilan nishonlash va yupqa qatlamli xromatografiya usulida preparatlarni tozalash uslublari ishlab chiqilgan;
tritiy bilan nishonlangan izoniazid, etambutol, prednizolon drotaverin va furosemid farmakologik preparatlaridan foydalanib, inson qoni oqsilining bog‘lovchilik qobiliyatini aniqlash uchun radiokimyoviy analitik usul ishlab chiqilgan;
gipertoniya, podagra va yurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning qon oqsillarini bog‘lovchilik qobiliyatini individual baholash sharoitlari aniqlangan;
“in vitro” usulida qon zardobi oqsilining bog‘lovchilik qobiliyatiga epiissiq neytronlar oqimi bilan nurlatish ta’sir darajasi aniqlangan;
birinchi marotaba inson qon zardobi oqsilining reaktor kanalida epiissiq neytronlar oqimi bilan 0,133 Gr dan 9,436 Gr gacha yutilish dozasi bilan nurlatilganda transport oqsilining bog‘lovchilik qobiliyatiga halokatli ta’sir ko‘rsatmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Inson qoni oqsilining bog‘lovchilik qobiliyatini baholashning radiokimyoviy usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
izoniazid, etambutol va prednizolon farmakologik preparatlarini termik aktivlangan tritiy bilan nishonlash va yupqa qatlamli xromatografiya usulida preparatlarni tozalash uslublari, nishonlangan izoniazid, etambutol, prednizolon, drotaverin va furosemid farmakalogik birikmalar yordamida qon zardobi oqsilini bog‘lovchilik qobiliyatini aniqlash uchun ishlab chiqilgan radiokimyoviy analitik usullari FA-A14-F068 rakamli “O‘zR FA Yadro fizikasi institutining VVR-SM reaktorida neytron qamrash terapiyasini rivojlantirish uchun ilmiy texnik ba’zani yaratish” (2009-2011) amaliy loyiha doirasida turli kasallikka chalingan qon zardobi oqsilining bog‘lovchilik qobiliyatini aniqlash uchun o‘tkazilgan tajribalarda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2020 yil 20 fevraldagi 2/1255-546-son xati). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi gipertoniya, yurak qon tomir va podagra bilan og‘rigan bemorlarning qon zardobidagi oqsillarni bog‘lovchilik qobiliyatini individual baholash shartlarini tanlash imkonini bergan;
in vitro usulidan foydalanib, qon zardobi oqsilini bog‘lovchilik qobilyatiga epiissiq neytronlar oqimi bilan nurlatishning ta’sir darajasini aniqlash natijalari FA-A14-F068 rakamli “O‘zR FA Yadro fizikasi institutining VVR-SM reaktorida neytron qamrash terapiyasini rivojlantirish uchun ilmiy texnik ba’zani yaratish” (2009-2011) amaliy loyiha doirasida olingan farmakologik preparatlar qon zardobi oqsili bilan bog‘lanish darajasini aniqlash uchun o‘zida bor tutgan va borat buferi qo‘shib neytronlar bilan nurlatilganda ishlatilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2020 yil 20 fevraldagi 2/1255-546-son xati). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi epiissiq neytronlar va bor neytron qamrash reaksiyasi zarrachalari bilan nurlantirilganda inson qon zardobi oqsilining bog‘lovchilik qobilyatiga xalokatli ta’sir ko‘rsatmasligini aniqlash imkonini bergan.