Isxakov El`dor Djasurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir leykozlarning asosiy shakllarida dasturiy polikimyoterapiyani takomillashtirish va mos hamroxlik qiluvchi terapiyani ishlab chiqish bilan uning samaradorligini oshirish», 14.00.29–Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc.04/3.30.12.2019.Tib.30.02.
Ilmiy maslahatchi: Baxramov Saidjalal Maxmudovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/3.30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Babadjanova Shoira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gafur-Axunov Mirza Alliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ptushkin Vadim Vadimovich,tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: FGBU Natsional`niy medisinskiy issledovatel`skiy sentr gematologii (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xorijiy tajribani tatbiq etish asosida o‘tkir leykozlarda mos hamroxlik qiluvchi terapiyani ishlab chiqish yo‘li bilan dasturiy polikimyoterapiyani takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda o‘tkir leykozlarni davolash natijalari retrospektiv va prospektiv tahlillari, o‘tkir leykozlarni dasturdan tashqari kimyoterapiya protokollaridan foydalangan holda davolash samaradorligini pasayganligi, shu bilan birga, dasturiy kimyoterapiya protokollarini qo‘llash natijalarining ham umumiy, ham residivsiz yashovchanlikka nisbatan statistik ishonchli yaxshilanishiga olib kelishini asoslangan;
kattalarda o‘tkir leykozlarni davolashning zamonaviy dasturiy, jumladan yuqori miqdorli kimyoterapiyani tatbiq etish va adekvat hamrohlik qiluvchi terapiyani qo‘llash bemorlar hayot sifatini sezilarli yaxshilanishi, katta yoshdagi mazkur toifa bemorlarda uzoq muddatli umumiy va residivsiz yashovchanlikka erishishni tartibi isbotlangan;
o‘tkir limfoblast leykozlarni davolashning ayrim umumqabul qilingan protokollari modifikatsiyalash yo‘li bilan takomillashtirilishi, bu bir tomondan davolashning toksikligini kamaytirish, ikkinchi tomondan yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini berishi asoslangan;
ilk bor yaxshi natijalarga erishish uchun polikimyoterapiyaga differensiallashgan yondoshuvning muhimligi, keksa va qari yoshdagi bemorlarda o‘tkir leykozlarni kechishi va ularni davolashning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
ilk bor O‘zbekistonda dasturiy polikimyoterapiyani amalga oshirish fonida o‘tkir leykozli bemorlarda homiladorlikni me’yoriy kechishi va sog‘lom bola tug‘ilishi bilan yakunlanishini ta’minlash borasidagi ijobiy davo natijalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir leykozlarning asosiy shakllarida rejali polikimyoterapiyani takomillashtirish va adekvat hamroh davoni ishlab chiqish bilan samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kattalarda o‘tkir limfoblast leykozlarni davolashga yagona va modifikatsiyalangan yondoshuv» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 maydagi 8n–d/108–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomasi kattalarda o‘tkir limfoblast leykozni davolashda yangi yondoshuvlarni joriy etilishi bemorlarning hayot sifati, umumiy va residivsiz yashovchanlik ko‘rsatkichlarining yaxshilash imkonini bergan;
«Kattalarda o‘tkir leykozlar: zamonaviy tashhisot, davolash va hamrohlik qiluvchi terapiya asoslari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 8n–d/211–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomasi kattalarda o‘tkir leykozni tashxislash, davolash va hamrohlik qiluvchi davolash tizimini yangi yondoshuvlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
o‘tkir leykozlarning asosiy shakllarida rejali polikimyoterapiyani takomillashtirish va adekvat hamroh davoni ishlab chiqish bilan samardorligini oshirishga mul`timodal yondashuvni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Gematologiya va qon quyilishi ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand, Xorazm va Andijon viloyat shifoxonalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 yanvardagi 8n–z/13–son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga joriy qilinishi o‘tkir leykozlar kimyoterapiyasi protokollari «OLL-2009» protokolida 4 va 5 yuqori miqdori konsolidatsiya ertaroq bosqichlarga o‘tkazilganda bemorlarning yashovchanligi yaxshilanishi, «Hyper-CVAD-HD-Mtx-HD-Ara-C» protokolining A blokida 6,7 va 8 kunlarda 6000 birl/m2 miqdorda L-Asparaginazaning qo‘shilishi va V blokda sitarabin miqdorning 1000-2000 mg/m2 gacha pasaytirilishi natijasida davolashning zaharliligi kamayishi va yashovchanlik ko‘rsatkichi oshirish, kasallik qaytalanish soni va asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.