Alidjanov Sarvar Kashipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siydik yo‘llari silining asoratlangan shakllarining korreksiyasi va profilaktikasida kichik invaziv texnologiyalar», 14.00.26-Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib689.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Isomiddin Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori; Zuban` Oleg Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siydik yo‘llari silining asoratlangan shakllari bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashda kichik invaziv texnologiyalarni qo‘llashni optimal taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
patogenetik vositalarni qo‘llash bilan silga qarshi davolash o‘tkazish fonida uch oygacha bo‘lgan uzoq muddatga «JJ» tipidagi o‘zini ushlovchi stentlar bilan ichki drenajlash 76,7% gacha obstruksiyani bartaraf etilishiga, hamda tamsulozin dori vositasidan foydalanish bemorlardagi stentlar hisobiga yuzaga keladigan siydik qopi shilliq qavatini ta’sirlanishi belgilari sonini kamayishiga erishish darajasi isbotlangan;
supervezikal obstruksiya va destruktiv shakllar bilan asoratlangan siydik yo‘llari sili bilan kasallangan bemorlarda siydik ajratishni turli usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalarni, buyraklar faoliyati va yuqori siydik yo‘llari urodinamikasining buzilishi bosqichlariga bog‘liq holda bemorlarni yuritish taktikasining algoritmi ishlab chiqilgan; 
siydik yo‘llarini drenajlash bo‘yicha ochiq jarrohlik aralashuvlari bilan kichik invaziv usullardagi asoratlari va samaradorligini qiyosiy tahlili jarayonida siydik ajratish yo‘llari silining asoratlangan shakllari bilan kasallangan bemorlarda kichik invaziv texnologiyalarning ustunliklari isbotlangan; 
pastki siydik yo‘llari simptomlari bo‘lgan siydik yo‘li sili bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashda trospiy xloridni qo‘llashning davolovchi samaradorligi darajasini aniqlangan, bu esa 94,6% bemorlarda pastki siydik yo‘llari simptomlari sonini 50% dan ortiqqa kamaytirishga erishishga imkon bergan;
siydik yo‘llarining morfofunksional xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning faoliyatidagi buzilishlarni korreksiya qilish va differensiatsiyalangan tizim usullari asosida bemorlarda «kichik siydik qopi» ni rivojlanishini oldini olish va davolashni yangi yo‘nalishi ishlab chiqilgan, hamda siydik yo‘llari silida «kichik siydik qopi» ni oldini olish va pastki siydik yo‘llari simptomlarini davolashda Botulotoksin-Ani intravezikal in’eksiyasini samaradorligi  isbotlangan.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Siydik yo‘llari silining asoratlangan shakllarining korreksiyasi va profilaktikasida kichik invaziv texnologiyalar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Siydik yo‘llari silining asoratlangan shakllarini tashxislash va davolashda zamonaviy kichik invaziv texnologiyalar» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 oktyabrdagi 8n-d/217-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma siydik yo‘llari silining asoratlangan shakllarini tashxislash va davolashda zamonaviy kichik invaziv texnologiyalarni qo‘llash orqali kasallikni erta baholash va oldini olish tizimini yaratish, kasallikning asoratlarini kamaytirish hamda o‘z vaqtida samarali davolash tartibini tizimli tashkillashtirish imkonini bergan;
siydik yo‘llari silining asoratlangan shakllarining korreksiyasi va profilaktikasida kichik invaziv texnologiyalarni qo‘llash asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy laboratoriyasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari silga qarshi kurashish dispanserlari klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 8n-z/45-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi kasallikni erta tashxislash, bashoratlash va samarali davolash, bemorlar hayot sifatini yaxshilash va kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish