Abdurazaqov Abduaziz Abdujabarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori ekspluatatsion tavsifli termomexanik birlashgan termoplastlar asosida kompozision materiallar yaratish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T270.
Ilmiy rahbarlar: Riskulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekspluatatsion parametrlari yuqori bo‘lgan tasmali konveyerlar elementlarini tayyorlash uchun termomexanik usul bilan birlashtirilgan termoplastlar asosidagi kompozit materiallar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termoplastik polimerlar, ulardan tayyorlangan buyumlarning ekspluatatsion parametrlarini boshqarish maqsadida, modifikatsiyalashning metodologik tamoyillari ishlab chiqilgan;
strukturaviy tartibga solish darajasi berilgan termoplastlar, termoelastoplastlar va dispers zarralar asosidagi aralashma kompozitlar strukturasini hosil qilish uchun modifikatorlarni tanlash asoslangan;
poliamidlar, poliolefinlar va poliatsetallar klassidagi termoplastlar va termoelastoplastlar asosidagi aralashma kompozitlar fazaviy strukturasining deformatsion-mustahkamlik, tribotexnik va himoyalovchi tavsiflarga ta’siri aniqlangan;
texnologik uskunalarning yangi konstruksiyalari va yo‘l qurilishi jarayonlari uchun ekspluatatsion parametrlari yuqori bo‘lgan termoplastlar va termoelastoplastlar aralashmasi asosidagi kompozit materiallarning yangi tarkibi ishlab chiqilgan;
tasmali konveyerlar va identifikatsiya qiluvchi elementlardagi metallpolimer roliklarning yangi konstruksiyalari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan konstruksiyalarning texnologik uskunalarning ekspluatatsion resursini, yo‘llarni qurish va ekspluatatsiya qilish xavfsizligini oshirishni ta’minlashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori ekspluatatsion xossali termomexanik birlashgan termoplastlar asosida yaratilgan kompozision materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Lentali konveyerlarni metall-polimer g‘ildirakchalari»ga tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts00028412-03:2019). Natijada yo‘l qurilish texnikalarida sochiluvchan yuklarni (qum, chaqiqtosh, sement) etkazib beruvchi tasmali konveyerlar uchun polimer matrisa asosli kompozision materiallarni qo‘llash imkonini bergan;
termoplastik matrisalar asosidagi kompozit materiallardan tayyorlangan tasmali konveyerlar «Avtomagistral`» ixtisoslashgan avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash birlashmasi unitar koxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining 2019 yil 3 maydagi 01-46-son ma’lumotnomasi). Natijada metallopolimer roliklar atmosfera omillari ta’sirida tasma konveyerning berilgan yuklanish-tezlik rejimlarini ta’minlanishi, korroziyali va abraziv muhitlar ta’siriga chidamliligi, yasash va xizmat ko‘rsatish qulayligi, yukni etkazuvchi tasmaning eyilishini kamaytirish imkonini bergan.