Raxmanov Baxodir Kushakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilishda yuk ko‘tarish moslamalarida qo‘llaniladigan mahalliy xomashyo asosidagi sintetik to‘qima tasmalar», 05.09.01 – Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1470.
Ilmiy rahbar: Ziyaev Muzafar Qutluqovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Shipacheva Elena Vladimirovna, texnika fanlari doktori, professor, Berdiev Oblaqul Boboqulovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo negizida ishlab chiqarilgan sintetik to‘qima tasmalardan tayyorlanadigan stroplar yaratish va samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sintetik to‘qima tasmalar (STT) yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish imkoniyati nazariy jihatdan asoslangan; 
eksperimental ma’lumotlarni ko‘rib chiqish asosida, STT li stroplarning deformatsiya xususiyatlarini baholash usuli ishlab chiqilgan;
relaksatsiyaning tavsiya qilingan fenomenologik modeliga asoslanib, sintetik materialli dinamik tizimlarda deformatsiya jarayonlarini bashorat qilish usuli ishlab chiqilgan;
eksperimental ma’lumotlar asosida stroplar elastik xususiyatlarining fenomenologik modelini ishlab chikish uchun matematik modellashtirish usuli qo‘llanilgan; 
«STL-RR» kompyuter dasturi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyo negizida ishlab chiqarilgan sintetik to‘qima tasmalardan tayyorlanadigan stroplar yaratish va samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xavfsizlik koeffisienti 1:5 ni hisobga olgan holda, yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan STTlardan bir, ikki va to‘rt shoxli yuk ko‘tarish moslama (strop)lar tayyorlanib, Farg‘onadagi "426-sonli xo‘jaliklararo maxsus mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna” MChJ ob’ektlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2019 yil 20 noyabrdagi 9151/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi qurilma yaratilgan;
ishlab chiqilgan «STL-RR» kompyuter dasturi Toshkentdagi DP “ELEMENT QURILISH” kompaniyasi ob’ektlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2019 yil 20 noyabrdagi 9151/09-07-sonli ma’lumotnomasi). Natijada relaksatsiya jarayonlarini aniqlash avtomatlashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish