Yusupov Sardorbek Ma’rufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mayda donador aralashmalardan tayyorlanadigan keramik mahsulotlarga shakl berishda shtamplarning ishchi yuza qatlamini eyilishga chidamliligini oshirish», 05.02.05 – Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.3.PhD/T596.
Ilmiy rahbar: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Alikulov Djavlan Ergeshovich texnika fanlari doktori, professor; Kushimov Baxtiyor Alishovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida abraziv zarrachalari bo‘lgan keramik materiallardan buyum shakllantirishda shtamp plastinalari yuzasini eyilishga chidamliligini, hizmat qilish davomiyligini oshirish maqsadida plastina yuza qatlamiga diffuziyalanuvchi kukunsimon borlash usulidan foydalanishning ilmiy asosini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diffuziyali borlash usuli asosida po‘lat plastinalar yuza qatlamining eyilishga chidamliligi oshirilgan va uni nazariy asoslangan;
abraziv zarrachalari mavjud aralashmalarning presslash jarayonida hosil bo‘ladigan zo‘riqish holatini va plastinalarni eyilishga uchraydigan qismlardagi bosimi aniqlangan;
borlangan plastinalarni mustahkamlangan qatlamining chuqurligi va mikroqattiqliligi aniqlangan;
shtamp plastinalarini eyilishga chidamligini aniqlash maqsadida plastinalar yuza qatlami topografiyasini qurilgan;
abraziv eyilish sharoitida ishlaydigan plastinalarni eyilishga chidamliligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mayda donador aralashmalardan tayyorlanadigan keramik mahsulotlarga shakl berishda shtamplarning ishchi yuza qatlamini eyilishga chidamliligini oshirish uchun olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida abraziv saqlovchi keramik mahsulotlarga shakl berishda qo‘llaniladigan press qoliplarning tez almashinuvchi plastinalariga kukunsimon bor tarkibli aralashma asosida yopiq konteynerlarda termik ishlov berish texnologiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi MChJ “Farg‘ona mexanika zavodi” korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2019 yil 21 noyabrdagi 2592-son ma’lumotnomasi). Natijada borlangan qatlamli plastinalarining ishchi yuzasining eyilishbardoshlik chegaraviy qarshiligi 20-25%ga ortishiga erishilgan;
keramik maxsulotlarga shakl beruvchi shtamp qoliplarini ishlab chiqarish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi MChJ “Farg‘ona mexanika zavodi” korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2019 yil 21 noyabrdagi 2592-son ma’lumotnomasi). Natijada keramik mahsulotlar ishlab chiqarishdagi unumdorlik 8-12% ga ortgan;
shtamplarning tez almashinuvchi plastinalariga termik ishlov berish texnologiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi MChJ “Farg‘ona mexanika zavodi” korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2019 yil 21 noyabrdagi 2592-son ma’lumotnomasi). Natijada nobop mahsulotlarning miqdori 8-10% kamayishi ta’minlangan;
shtamp qoliplari plastinalarini eyilgan qismlarini olmosli jilvirlash texnologiyasi asosida qayta tiklash texnologiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi MChJ “Farg‘ona mexanika zavodi” korxonasida joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2019 yil 21 noyabrdagi 2592-son ma’lumotnomasi). Natijada plastinalarning eyilgan yuza qatlamini tiklashga sarflangan vaqt 14-18% ga kamaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish