Seitov Azamat Pulatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sharq sivilizatsiyasida sotsiologik qarashlar: genezisi va rivojlanish istiqbollari», 22.00.01 – «Sotsiologiyaning nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari» (sotsiologiya fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Sots1. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi DSc.20/30.12.2019.S.23.02 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Saidov Akmal Xolmatovich, akademik, yuridik fanlar doktori, professor; Matibaev Taspolat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sharq mamlakatlaridagi jamiyatlarning ma’naviy-axloqiy tamoyillari tizimiga asoslangan lokal sivilizatsiya insoniyat sivilizatsiyasiga kuchli turtki va harakatlantiruvchi omil sifatidagi ta’sirini ilmiy asoslash hamda bu ta’sirning integratsiyalashtiruvchi mohiyatini asoslash, ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammolarni va ularni axborot jamiyatlari sharoitida maqbul hal qilish yo‘llarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq sivilizatsiya modeli asosida lokal va global ko‘lamlarda aholining hayot mo‘ljallari dunyoqarashini izchil integratsiyalash orqali mintaqa mamlakatlarining sa’y-harakatlarini bir butunga bog‘laydigan,  ijtimoiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy va texnik modernizatsiya asosidagi uzoq muddatli istiqboldagi faoliyatni ijtimoiy munosabatlarga transformatsiyalashtirish uchun kuchlarni korporativ negizda birlashtirishi asoslangan;
ekologik siyosat, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlashga, umuman insoniyatga jiddiy zarar etkazishi mumkin bo‘lgan texnogen inqirozning oldini olishga hamda mintaqa mamlakatlarining ekologik faoliyatini birlashtirish orqali maqbul echim topishga yo‘naltirilgan sharq sivilizatsiya konsepsiyasi asoslangan; 
yoshlarda yangi dunyoqarashni sharq sivilizatsiyasi modeli asosida halollik va sadoqatlilik prizmasi orqali shakllantirish tub joy xalqlarining an’anaviy fikrlash tarziga shuningdek, boshqa xalqlar dunyoqarashiga pozitiv ta’sir ko‘rsatish imkoniyati ochib berilgan;
Islom sivilizatsiyasi ilmi, ma’rifati va madaniyati asosida Sharq sivilizatsiyasi modelining konseptual ahamiyati ochib berilgan, va ushbu konseptual negizda yoshlarning yangi dunyoqarashini shakllantirish jarayonini doimi ravishda sotsiologik tahlil qilish va sintez etib borishning muhimligi asoslangan;
Sharq sivilizatsiyasining aksiologik mezonlari negizida zamonaviy mass-media tizimida O‘zbekiston xalqlari an’anaviy mentalitetidagi namunali elementlarni zamonaviylik bilan sintez etish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Sharq sivilizatsiya modeli asosida lokal va global ko‘lamlarda aholining hayot mo‘ljallari dunyoqarashini izchil integratsiyalash orqali mintaqa mamlakatlarining sa’y-harakatlarini bir butunga bog‘laydigan,  ijtimoiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy va texnik modernizatsiya asosidagi uzoq muddatli istiqboldagi faoliyatni ijtimoiy munosabatlarga transformatsiyalashtirish uchun kuchlarni korporativ negizda birlashtirishiga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi axborot yo‘nalishlari uchun tahliliy yozuvlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (2016 yil 21 avgustdagi 621-sonli tadbiq etish dalolatnomasi). Dissertatsiya tadqiqotining ko‘rsatilgan xulosalari va natijalari O‘zbekistonning davlat tuzilmalari tomonidan tegishli sohalardagi vaziyatni mamlakatning milliy manfaatlari nuqtai nazaridan, masalan, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish nuqtai nazaridan munosib baholanishiga yordam bergan;
ekologik siyosat, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlashga, umuman insoniyatga jiddiy zarar etkazishi mumkin bo‘lgan texnogen inqirozning oldini olishga hamda mintaqa mamlakatlarining ekologik faoliyatini birlashtirish orqali maqbul echim topishga yo‘naltirilgan sharq sivilizatsiya konsepsiyasidan O‘zbekiston ekologik partiyasining dasturiy hujjatlarini tayyorlashda, targ‘ibot tadbirlarida, partiyaning konferensiyalari va davra suhbatlarida metodologik asos sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik partiyasining 2019 yil 16 avgustdagi 01-27 / 624-son dalolatnomasi). Bu partiyaviy qurilishni axborot-tahliliy qo‘llab-quvvatlash jarayonida, xususan, aholining ekologik va siyosiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda bag‘rikenglikni mustahkamlash imkonini bergan.
yoshlarda yangi dunyoqarashni sharq sivilizatsiyasi modeli asosida halollik va sadoqatlilik prizmasi orqali shakllantirish tub joy xalqlarining an’anaviy fikrlash tarziga shuningdek, boshqa xalqlar dunyoqarashiga pozitiv ta’sir ko‘rsatishi borasidagi takliflaridan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan aholining ijtimoiy kayfiyatiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqashga qaratilgan tadqiqotlarda foydalanilgan (FJShMQMI ning 2019 yil 11 iyuldagi 07/741-son dalolatnomasi). Bu mamlakatimizda yoshlar siyosatini amalga oshirishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligi, shuningdek, yoshlarni ta’lim olishi va tarbiyasiga yo‘naltirilgan loyihalar samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Islom sivilizatsiyasi ilmi, ma’rifati va madaniyati asosida Sharq sivilizatsiyasi modelining konseptual ahamiyati, ushbu konseptual negizda yoshlarning yangi dunyoqarashini shakllantirish jarayonini doimi ravishda sotsiologik tahlil qilish va sintez etib borishga doir takliflaridan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan yoshlar dunyoqarashini sivilizatsion yondashuvni qo‘llagan holda olib borilgan sotsiologik tadqiqotlarda foydalanilgan (FJShMQMI ning 2019 yil 11 iyuldagi 07/741-son dalolatnomasi). Bu “ommaviy madaniyat” elementlariga nisbatan samarali bo‘lgan O‘zbekiston xalqlari mentalitetidagi an’anaviy elementlarining sintezini makrosotsilogiya nazariy tamoyillariga binoan o‘rganish imkonini bergan;
Sharq sivilizatsiyasining aksiologik mezonlari negizida zamonaviy mass-media tizimida O‘zbekiston xalqlari an’anaviy mentalitetidagi namunali elementlarni zamonaviylik bilan sintez etish zaruriyati to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston tadbirkorlari va ishbilarmonlari harakati – O‘zLiDePning axborot-tahliliy faoliyatini shakllantirishda, xususan, partiyaning saylovoldi platformasini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qilgan, mamlakatda tadbirkorlik rivojlanishi va biznes muhit shakllanishini o‘rganishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zLiDePni amalga oshirish to‘g‘risidagi dalolatnomasi 2019 yil 16 avgustdagi 01-27 / 624-son). Bu sharq sivilizatsiyasini mamlakatni birlashtiruvchi, uning hududlarini integratsiyalashtiruvchi kuch sifatida UzLiDeP partiyasi Saylovoldi platformasida aks ettirish orqali saylovchilarning siyosiy integratsiyalashuvini yuksaltirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish