Bozorboev Shuxrat Abduraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Organomineral xomashyolarni mexanokimyoviy faollashtirish va ulardan foydalanib, mashinasozlik uchun modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar yaratish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T158.
Ilmiy rahbarlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Eminov Ashrap Mamurovich, texnika fanlari doktori, professor; Kadirbekova Qutpiniso Karimovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organomineral to‘ldiruvchilarni mexanokimyoviy faollashtirishning samarali usulini ishlab chiqish va antifrision-eyilishbardoshli kompozision materiallarni yaratish va ular asosida paxta tozalash sanoati mashina va mexanizmlari uchun detallar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organominaral ingredientlarni «zarbli-maydalash-ishqalanish» usuli bilan maydalanganda disperslash jarayonining dismembrator qurilmasining parametrlari va texnologik rejimlarga bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
to‘ldiruvchilarni mexanofaollashtirish jarayonida kimyoviy reaksiyalarning hosil bo‘lishi ularning kimyoviy tarkibiga va tabiatiga bog‘liqligi,  faol markazlarning hosil bo‘lishi aniqlangan; 
mexanikokimyoviy faollashtirilgan organomineral ingredientlarning tabiati va miqdoriga qarab ishlab chiqilgan antifriksion-eyilishbardoshli KPM xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
mashinasozlik maqsadlarida poliolefinlar va mexanokimyoviy faollashtirilgan ingredientlar asosida antifriksion-eyilishbardoshli KPM yaratishning asosiy ilmiy va uslubiy tamoyillari ishlab chiqilgan; 
paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’siri sharoitlarda ishlaydigan  yuqori mustaxkam xossali, past ishqalanish koeffisienti va yuqori eyilishbardoshlikka ega bo‘lgan mexanokimyoviy faollashtirilgan organomineral ingredientli antifriksion-eyilishbardoshli  kompozision materiallarning optimal tarkibi yaratilgan;
mexanokimyoviy faollashtirish natijasida faol erkin radikallarning hosil bo‘lishda to‘ldiruvchilarni maydalash jarayonida kechadigan kimyoviy rekatsiyalarning ularning tarkibi, tabiatiga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xomashyo asosida mexanokimyoviy faollashtirilgan organomineral to‘ldiruvchilardan foydalangan holda antifriksion-eyilishbardoshli kompozision polimer materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tolali massa (paxta xomashyosi) bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi antifriksion mashinasozlik KPMning ishqalanish koeffisienti, ishqalanish zonasida vujudga kelgan  tamperatura va elektrostatik zaryad miqdorini aniqlash metodlari bo‘yicha O‘zbekiston davlat standarti (O'z DSt 3330:2018) tasdiqlangan («O'ZSTANDART» agentligi «Axborot-ma’lumot markazi» davlat korxonasining 2018 yil 26 oktyabrdagi 1187/40-son ma’lumotnomasi). Natijada diskli tribometrda mashinasozlik KPMni tolali materiallar bilan friksion ta’sirdagi  ishqalanish koeffisienti, ishqalanish zonasidagi harorat va triboelektrik zaryadlarni bir vaqtning o‘zida aniqlash imkonini bergan.
antifriksion polimer kompozisiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 05000, 2015 y.). Natijada paxta bilan ishqalanish sharoitida ishlaydigan paxtani qayta ishlash mashina va mexanizmlarining mustahkamligi va samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
antifriksion yog‘och-polimer kompozision material uchun O‘zbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05068, 2015 y.). Natijada mashina va mexanizmlarning ishchi organlarida antifriksion kompozision yog‘och-polimer materiallardan keng miqyosda foydalanish imkoniyati yaratilgan;
mexanokimyoviy faollashtirilgan organomineral ingredientlar yordamida olingan antifriksion-eyilishbardoshli kompozision materiallardan olingan detallar «Piskent paxta tozalash zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («Piskent paxta tozalash zavodi» AJning 2019 yil 18 oktyabrdagi 03-18/6051-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasini qayta ishlashda unumdorlikni oshirish hamda mashina va mexanizmlarning energiya sarfini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish